NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видеолавҳа

Навоий шаҳридаги “Тинчлик” базмгоҳида Навоий давлат пeдагогика институти профeссор-ўқитувчилари учун тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇

➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
❤1👍1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya qilish loyihasini muhokama qildik.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Og‘a Xon Trast” madaniyat jamg‘armasi va Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi. O‘zaro munosabatlar O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohasida hamkorlikda ish olib borishga qaratilgan bo‘lib, bu mamlakatimiz uchun ham, butun dunyo uchun ham katta ahamiyatga ega.

-
Вчера мы провели встречу с шейхой Аль-Маяссой бинт Хамад бин Халифа Аль Тани, на которой обсудили проект реставрации мечети Биби-Ханум в Самарканде.

Итогом встречи стало подписание Фондом развития культуры и искусства Узбекистана двусторонних соглашений о сотрудничестве с Трастом Ага Хана по культуре и Катарским фондом развития. Взаимодействие будет направлено на совместную работу в области реставрации объектов культурного наследия Узбекистана, имеющего огромное значение как для нашей страны, так и для всего мира.
💠YOSHLAR TEXNOPARKI BILAN KENG IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHING !

🕓 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Navoiy yoshlar texnoparki “INNOX” biznes inkubator dasturining yangi mavsumiga start berdi!

📌Akselerator dasturlarini muvafaqqiyatli tamomlagan barcha loyihalar xalqaro va mahalliy grant dasturlariga Navoiy yoshlar texnoparki kafilligi orqali yo‘naltiriladi.

🔻Inkubatsiya dasturi davomida ishtirokchilarga malakali mentorlar biriktiriladi. Shuningdek, yurtimizning yetakchi tadbirkorlari bilan mahorat darslari uyushtiriladi.


🔵Tanlovda Navoiy viloyati bo'ylab 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan, o'z startap g'oyasi yoki loyihasiga ega yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

📨 Dasturga ushbu havola orqali 10-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻting .

Murojaat uchun :

📞+99894 006-12-77
📞+99899 943-07-13
📞+998 99 820-34-76
#OAV

“Til millat ruhini ifodalaydi” — Gulsanam Norova, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.

👉Batafsil: Uza.uz
#OAV
#nspi_art_faculty

"Ruxsor bilan coffee break" ! San’atshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari dastur mehmoni !!!


🎞 Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Yoshlar koordinatori, "Musiqa ta'limi va san'ati" yo'nalishi 2-bosqich magistranti Zafar Bekboyev, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, An'anaviy xonandalik hamda An'anaviy cholg‘u ijrochiligi yo'nalishi iqtidorli talabalari M.Mardiyeva, M.Hikmatova, E.Masharipova, B.Eraliyev, U.Zubayev, S.Erdonov hamda Sh.Sanokulovalar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Ruxsor bilan coffee break" dasturi mehmoni bo'lishdi.

🎙 Dastur davomida ijodkor talabalarimiz o'zlarining jonli ijrodagi taronalari va Institutda talaba yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, "Creativ_Artist" va "Art_Stars" volontyor yoshlar jamoalarining so'nggi yillarda erishgan yutuqlari hamda yangi loyihalar borasidagi fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.


🌐Bizni kuzatib boring

™️:
@nspi_art_faculty
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #Maʼrifat_ulashib #Chellenj

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar shuningdek, bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda


✅Qoʻqon davlat pedagogika institutida ijodkorlar Nurillo Oston va Yahyo Togʻa ishtirokida talaba-yoshlar bilan davra suhbati;

✅Namangan davlat pedagogika institutida shoir Ziyovuddin Mansur hamda jurnalist va shoir Nosirjon Joʻrayev bilan ijodiy uchrashuv;

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida bilimga chanqoq talaba-yoshlar oʻrtasida “Munozara” hamda “Viktorina” intellektual o’yinlari;

✅Namangan davlat chet tillari institutida el ardogʻidagi ijodkorlar Usmon Azim, Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiyev ijodiga bagʻishlangan “Men yoqtirgan sheʼr” mavzusida sheʼrxonlik tanlovi;

✅Samarqand iqtisodiyot va servis institutida taniqli ijodkorlar Gulandom Togʻayeva, Alisher Boymurodov va Amir Xudayberdilarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan zakovat intellektual oʻyinlari;

✅Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulugʻovaning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berish maqsadida adabiyotsevar yoshlar bilan adabiy uchrashuv;

✅Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida zamonamiz yozuvchilarining ijodlarini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida chellenj;

✅Guliston davlat universitetida taniqli adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan spektakl namoyishi va “Yoshlar oqshomi”;

✅Fargʻona davlat universitetida adabiyotga shaydo talaba-yoshlar ishtirokida Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Bonu” romani asosida spektakl namoyishi;

✅Jizzax politexnika institutida loyihaga biriktirilgan taniqli adiblar: Nurali Qobil, Shahodat Isaxonova hamda Gulchehra Ibragimovalarning hayoti va ijodi haqida taqdimotlar;

✅Navoiy davlat pedagogika institutida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida “She’riyat–ko‘ngil tarjimoni” nomli adabiy-badiiy uchrashuv.

✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida orkestr sadolari orqali vatanparvarlikka undovchi musiqalar va turli bellashuvlardan iborat “Gulxan shou” tadbiri;

✅Buxoro muhandislik-texnologiya institutida taniqli san’at arboblari va adiblar Nurilla Choriyev, Alisher Mirzo hamda talaba yoshlar ishtirokida adabiy-ma'rifiy suhbat;

✅Toshkent kimyo-texnologiya institutida ijodkorlar Abdumajid Azimov, Norqobil Jalil va Nazar Eshqulov bilan birgalikda adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan film namoyishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, янги кун!». НДПИнинг фаол ёшлари дастур меҳмони.
@Navoiy_trk
👍2
😁😊😊😁😁😁

Навоий давлат педагогика институтида “Очиқ давлат хизмати” тадбири ташкил этилди.

⚡️ Очиқ мулоқот руҳида ўтган учрашув давомида давлат фуқаролик хизматида ишлашнинг аҳамияти, қобилиятли шахсларни давлат фуқаролик хизматига меритократия тамойили асосида ишга қабул қилиш тизими, иқтидорли ва салоҳиятли ёшлар учун яратилган шарт-шароитлар ҳамда ёшларни давлат фуқаролик хизматига жалб этиш каби масалалар эътибор марказида бўлди.

✔️ Шунингдек, тадбир давомида “Эл-юрт умиди” жамғармаси томонидан ажратилаётган грантлар хусусида тақдимот қилиниб, стипендия танловларининг талаблари ва қандай қилиб Жамғарма стипендиясини қўлга киритиш мумкинлиги тўғрисида батафсил маълумотлар берилди.

🎯 Мақсад профессионал, чуқур билимга эга, замонавий фикрлайдиган ва ватанпарварлик руҳида тарбияланган янги авлод кадрларини шакллантириш, уларни излаб топиш, давлат фуқаролик хизматига жалб қилишдир.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

Navoiy davlat pedagogika institutida “Ochiq davlat xizmati” tadbiri tashkil etildi.

⚡️ Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish kabi masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.

✔️ Shuningdek, tadbir davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamg‘arma stipendiyasini qo‘lga kiritish mumkinligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🎯 Maqsad professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish, ularni izlab topish, davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilishdir.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM