Forwarded from Edu.uz
#Iftixor #Universiada_2025
Universiada – 2025: Yurtimiz sportchilari jahon arenalarida yuksak natijalarga erishmoqda
Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Butunjahon Yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishmoqda.
Dzyudo bo‘yicha -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Navoiy davlat universiteti talabasi Laziza Haydarova bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik raqibi Paulina Shlyaxtani magʻlubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shuningdek, -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan terma jamoamiz a’zosi, Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnоlogiya universiteti talabasi Shukurjon Aminova italiyalik raqibi Juliya Karnani bor-yo‘g‘i 25 soniyada ippon usulida yengib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Taekvondo sporti boʻyicha esa yurtimiz vakillari: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabari Qosimxojiyev Nadjmiddin va Karimboyev Shoxjahon hamda O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Mirabzalova Madina va Azizova Diyora — aralash jamoaviy dasturda finalda Misr jamoasiga qarshi keskin jang o‘tkazishdi va sharafli g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Sportchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Forwarded from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
#Bitiruvchi_2025
🎓 Bitiruvchilarga diplom topshirildi
Navoiy viloyati Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Navoiy davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.
Tadbirda universitet rektori Muxiddin Kalonov hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boshqarmasi mas’ul rahbari Normurod Isoqov bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Shundan so‘ng, bitiruvchilarga tantanali diplomlar topshirildi.
Tadbir San’at va sport fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining musiqiy chiqishlari bilan davom etdi. Ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar mehmonlarni shod etib, barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
👌 Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠 Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐 Facebook | 📸 Instagram | ▶️ Youtube
Navoiy viloyati Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Navoiy davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.
Tadbirda universitet rektori Muxiddin Kalonov hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boshqarmasi mas’ul rahbari Normurod Isoqov bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Shundan so‘ng, bitiruvchilarga tantanali diplomlar topshirildi.
Tadbir San’at va sport fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining musiqiy chiqishlari bilan davom etdi. Ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar mehmonlarni shod etib, barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Edu.uz
Navoiy davlat universitetining yangi kampusi qurilmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hududlarga xizmat safari doirasida Navoiy davlat universiteti yangi kampusining qurilish jarayonlarini o‘rgandi.
Vazir o‘rinbosariga universitet rektori Muhiddin Kalonov hamda qurilish tashkiloti mas’ullari hamrohlik qildi. Ular tomonidan loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilgan bosqichlar va rejalashtirilgan qurilish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
S.Buzrukxonov mazkur infratuzilma obyektining qurilishida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, texnik reglamentlarga qat’iy amal qilish muhimligini qayd etib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Qayd etilganidek, yangi kampus foydalanishga topshirilgach, talabalar uchun nafaqat zamonaviy bilim olish, balki ularning ijodiy salohiyati va jismoniy rivojlanishi uchun ham har tomonlama qulay muhit yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
#Jarayon #Xizmat_safari #Talabaga_qulaylik