Forwarded from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
НАВОИЙ ВИЛОЯТИДА 2023 ЙИЛНИНГ 12 ЯНВАРИДАН 230 ТА МАКТАБДА ДАРСЛАР БОШЛАНАДИ
Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати марказининг Навоий вилояти бўйича берган об-ҳаво маълумотларига таянилган ҳолда, жорий йилнинг 12 январь кунидан Навоий шаҳридаги 21 та, Кармана туманидаги 32 та, Навбаҳор туманидаги 37 та, Қизилтепа туманидаги 43 та, Нурота туманидаги 11 та, Конимех туманидаги 14 та, Хатирчи туманидаги 72 та мактабларда қишки таътилдан кейинги дарслар бошланади.
Олис чўл, тоғ ва тоғолди ҳудудларида жойлашган 133 та мактабда ўқиш 2023 йилнинг 16 январидан давом эттирилади.
Эслатиб ўтамиз, Навоий вилоятидаги олий таълим муассасаларида ўқиш бугун, 11 январдан бошланди.
Навоий вилояти ҳокимлиги
ахборот хизмати.

Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
⚡️NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PROFESSOR-O'QITUVCHILARI VA ISHCHI XODIMLARI O'RTASIDA "VOLEYBOL" MUSOBAQASI GURUH O'YINLARIGA START BERILDI.
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Rektor kubogi" Voleybol musobaqasi guruh o'yinlariga start berildi.
"A" guruhdan o'rin olgan "Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim" jamoasi "Fizika va texnologik ta'lim"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. "Tabiiy fanlar" fakulteti jamoasi "Rus va qozoq filologiyasi, Ingliz tili va adabiyotini" 2:0 hisobida mag'lub etdi. "Rektorat" jamoasi esa "Tabiiy fanlar" hamda "Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim" jamoalarini 2:0, 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Guruh o'yinlari davom etadi...
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy

HAMDARDLIK
O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, yuzlab ijodkorlarning sevimli ustozi Odil Hotamov 2023-yil 13-yanvar kuni 73 yoshda vafot etdi.
Odil Hotamov 1950-yil 20-martda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat (hozirgi O‘zbekiston Milliy) universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
40 yildan ko‘proq Karmana tumanidagi “Karmana ovozi” gazetasi tahririyatida faoliyat yuritdi.
Shoirning “Kechki maysalar”, “Tiriklik shami”, “Nigohlar”, “Dala yo‘li”, “Nafas” she’riy kitoblari, “Yuksakdagi daraxt” hujjatli qissasi, “Xirmon” saylanmasi chop etilgan.
Shoir 2000 yilda “Shuhrat” medali, 2011 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va barcha ijodkorlar marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi
Navoiy davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida tashkil etilgan tadbirda Navoiy viloyat Mudofaa boʻlimi podpolkovnigi M.Shermatov, axborot resurs markazi xodimlari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarni harbiy kasblarga yoʻnaltirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard askar – yoshlarga namuna!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini, harbiy qism va muassasalarda ochiq eshiklar kunini, Navoiy shahri va viloyatlardagi muzeylarga ekskursiyalarni tashkil qilish, shuningdek, talabalar oʻrtasida “Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insho va sheʼriy asarlar tanlovi hamda “Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy sanʼat asari” tanlovlarini oʻtkazish bo'yicha kelishib olindi.

"MARDLIK VA JASURLIK TIMSOLI SENDIRSAN -ASKAR!" MAVZUIDA BAYRAM TADBIRI
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi.
Ushbu tadbirni institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov ochib, bayram munosabati bilan yig'ilganlarni muborakbod etdi.
Tadbir davomida Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh fidoiy kasb egalari institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Shundan song tadbir badiiy chiqishlarga ulanib, San'atshunoslik hamda Tibbiyot fakultetlari jamolarining kuy-qo'shiq va raqslari bilan davom etdi.