NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#UNIVERSIADA_
#NAVOIY

🤼‍♂️Dzyudo sport turi bo‘yicha “Universiada” musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi

Xabaringiz bor, Navoiy viloyati "Universiada" sport musobaqalariga mezbon sifatida Oliy ta'lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan 14 ta jamoani birlashtirdi.

🏅Bugun yakuniy final bellashuvi bo'lib o'tdi. Shiddat bilan o'tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, 1-o'rinni Buxoro viloyati jamoasi, 2-o'rinni Xorazm viloyati jamoasi va 3-o'rinni Surxondaryo viloyati jamoasi egalladi. G'oliblarga diplom va medallar hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

🤼‍♀️Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari: 52 kg vazn toifasida Sabina Davlatova🥇-o'rin, 90 kg vazn toifasida Zoxid Shonazarov🥈-o'rin, 70 kg vazn toifasida Gulina Oblaqulova🥉-o'rin, 60 kg vazn toifasida Jamol Xomidov🥉-o'rinni egallab, umumiy hisobda Navoiy viloyati jamoasi 5-o'rinni egalladi.

G'olib bo'lgan har bir sportchi maxsus sovg'alar bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti, davlat arbobi, kuchli siyosatchi Islom Karimov tavallud topgan kun (1938)
https://yuz.uz/ru/news/ukreplyaya-sportivne-traditsii-vuzov

— Для обеспечения проведения состязаний в атмосфере здорового спортивного духа Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, хокимиятом Навоийской области, управлением развития спорта, а также Навоийским государственным педагогическим институтом были созданы все условия для отдыха участников и судей соревнований, прокомментировал пресс-секретарь НГПИ Камол Холов.
💻 Kompyuter savodxonligi kurslariga -50% chegirma e'lon qilamiz❗️

✅Faqatgina NavDPI talabalari uchun atigi 150 ming so'm evaziga

➖WORD

➖EXCEL

➖POWER POINT

➖WINDOWS O'RNATISH

➖INTERNETDA ISHLASH

kabi ko'nikmalarni 1 oy davomida o'zlashtirishingiz mumkin bo'ladi.

🎈Manzil: NavDPI bosh binosi 2-qavat
📞Murojaat uchun: +998904140560

Kursga ro'yxatdan o'tish uchun havola pastda👇

https://forms.gle/jEvQ6WtjQHjCZEj28
🌍 Xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko'rik tanlovining 1-turiga  qabuli boshlandi!📣📣📣
✅O'zbekiston XDP Farg'ona viloyat kengashi; va boshqa tashkilotlar hamkorligida «TA'LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN» xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanloviga start berildi.
📌 Tanlov uchun kerakli hujjatlar:
✅ Ilmiy maqola;
✅ 3*4 rasm;
✅ Pasport nusxa;
✅ Anketa;
✅ ilmiy ishlar ro'yhati.
👨‍🎓Mualliflar tomonidan yuborilgan hujjatlar ilmiy kengash tomonidan  tekshirilib, ma'qul deb topilgan har bir ishtirokchilarga:
🎖Esdalik Ko‘krak nishoni;
🏅Esdalik Ko‘krak nishon belgisi;
📰 Maxsus Guvohnoma,
🎁Esdalik qimmatbaho sovg'alar (🛍Sumka,📒Bloknot,🖊Ruchka, ❗️qimmatbaho sovg'alar yuqori sifatli import mahsulot bo'lib chet eldan maxsus buyurtma orqali keladi)
📑Sertifikat,
🗞Diplom,
📃Ilmiy rahbarga Tashakkurnoma,
📚Maqolalar jamlangan to'plam (elektron shaklda)
sovg'alar tantanali ravishda Toshkent shahrida taqdim etiladi!
📥QABUL QILISH MUDDATI: 10-FEVRAL,  2023-yil
📩Murojaat : @Nazarova_Kamuna
📈Kanalga ulaning: @ilmiyjurnallarrr
#LIVE

⚡️Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagisi boʻlib oʻtmoqda.

Unda institut rektori Bahodir Sobirov boshchiligida prorektorlar, boʻlim va boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etmoqda.

Yig'ilish avvalida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich "dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Universiada sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishda qoʻshgan hissasi uchun" Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov topshirib, jamoa nomidan samimiy muborakbod etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nodirbek Umarov - Notiqlik haqida.

Notiqlik – bu dars berish emas, balki soʻz bilan muolajaga kirishishdir. (Rahimboy Jumaniyoz)

Notiqlik – qobiliyat, qolipga solib boʻlmaydigan amaliy, keng qamrovli faoliyatdir. Notiqlik tinimsiz izlanish, intilish va kundalik mashgʻulot boʻlishi kerak. Suvdagi holatingizni tasavvur qiling. Qimirlab turmasangiz, choʻka boshlaysiz. Notiqlik ham doimiy mashqni talab etuvchi sanʼatdir. Suvga tushib koʻrmaguncha suzishni oʻrganish mumkin boʻlmaganidek, notiqlik ummoniga shoʻngʻimagan ham sinashta notiq boʻla olmaydi.

Yodingizdan chiqarmang: Baland minbar baland boʻyi borlar uchun emas, fikr va oʻyi, yaxshi feʼl-u goʻzal nutqi borlar uchundir.

@NavDPI_YI
“Kitobxon yoshlar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qilgan edi.

Kuni kecha yakuniy natijalar eʼlon qilindi. Unga koʻra Navoiy davlat pedagogika institutining 5 nafar talabalari gʻoliblar qatoridan joy oldi.

Bular: Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetidan Sayyotxon Eshboyeva 1-o'rin; O'zbek tili va adabiyoti fakultetidan Marjona Mansurova 2-o'rin, Dilsora Boboqulova 3-o'rin, Matluba Amonova 5-o'rin; Tarix fakultetidan Gulasal Sadriddinova 5-o'rin.

↪️ Nizomga ko‘ra tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
2-o‘rin – 4 million so‘m va II darajali diplom;
3-o‘rin– 3 million so‘m va III darajali diplom;
4-o‘rin – 2 million so‘m va sertifikat;
5-o‘rin– 1 million so‘m va sertifikat.

G‘olib bo'lgan talabalarimizni institut rahbariyati tomonidan muborakbod etamiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy