NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#LIVE

⚡️Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagisi boʻlib oʻtmoqda.

Unda institut rektori Bahodir Sobirov boshchiligida prorektorlar, boʻlim va boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etmoqda.

Yig'ilish avvalida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich "dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Universiada sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishda qoʻshgan hissasi uchun" Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov topshirib, jamoa nomidan samimiy muborakbod etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nodirbek Umarov - Notiqlik haqida.

Notiqlik – bu dars berish emas, balki soʻz bilan muolajaga kirishishdir. (Rahimboy Jumaniyoz)

Notiqlik – qobiliyat, qolipga solib boʻlmaydigan amaliy, keng qamrovli faoliyatdir. Notiqlik tinimsiz izlanish, intilish va kundalik mashgʻulot boʻlishi kerak. Suvdagi holatingizni tasavvur qiling. Qimirlab turmasangiz, choʻka boshlaysiz. Notiqlik ham doimiy mashqni talab etuvchi sanʼatdir. Suvga tushib koʻrmaguncha suzishni oʻrganish mumkin boʻlmaganidek, notiqlik ummoniga shoʻngʻimagan ham sinashta notiq boʻla olmaydi.

Yodingizdan chiqarmang: Baland minbar baland boʻyi borlar uchun emas, fikr va oʻyi, yaxshi feʼl-u goʻzal nutqi borlar uchundir.

@NavDPI_YI
“Kitobxon yoshlar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qilgan edi.

Kuni kecha yakuniy natijalar eʼlon qilindi. Unga koʻra Navoiy davlat pedagogika institutining 5 nafar talabalari gʻoliblar qatoridan joy oldi.

Bular: Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetidan Sayyotxon Eshboyeva 1-o'rin; O'zbek tili va adabiyoti fakultetidan Marjona Mansurova 2-o'rin, Dilsora Boboqulova 3-o'rin, Matluba Amonova 5-o'rin; Tarix fakultetidan Gulasal Sadriddinova 5-o'rin.

↪️ Nizomga ko‘ra tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
2-o‘rin – 4 million so‘m va II darajali diplom;
3-o‘rin– 3 million so‘m va III darajali diplom;
4-o‘rin – 2 million so‘m va sertifikat;
5-o‘rin– 1 million so‘m va sertifikat.

G‘olib bo'lgan talabalarimizni institut rahbariyati tomonidan muborakbod etamiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutining faollar yigʻingohida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining 2022-yil 9-noyabrdagi 7-5-sonli va "2022-yil 28-oktabrda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi toʻgʻrisida"gi qarori asosida, uning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Unda viloyat Kasaba uyushmalari qoʻmitasi masʼullari tomonidan Mehnat kodeksida keltirilgan ayrim yoʻnalishlar boʻyicha dekan muovinlari, tyutorlari va xoʻjalik boʻlimi xodimlariga tushuntirish berilmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞Navoiy viloyatiga O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o'rinbosari Zulayho Mahkamova tashrifi tafsilotlari bilan "Diyor 24" lavhasida tanishing

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
⚡️Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat ommabop guruhlarda qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, yurtdoshlarimizdan rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi.
✍️✍️✍️

Не верьте неподтвержденным сообщениям!

В большинстве популярных групп в социальных сетях распространяются голословные сообщения о том, что все студенты из соседних стран могут перевести учебу в Узбекистан без экзаменов.

Министерство высшего образования, науки и инноваций сообщает, что новость полностью не соответствует действительности, и просит наших соотечественников не верить информации, не подтвержденной официально.
✍️✍️✍️

Don't believe unconfirmed reports!

The most popular groups on social networks spread unsubstantiated messages that all students from neighboring countries can transfer their studies to Uzbekistan without exams.

The Ministry of Higher Education, Science and Innovations reports that this news is completely untrue and asks our compatriots not to believe information that has not been officially confirmed.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Birozdan soʻng Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan “Ey soʻz, ne balo ajab guharsen...” nomli ilmiy-amaliy anjuman boshlanadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Ayni vaqtda Navoiy davlat pedagogika institutining faollar yigʻingohida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan “Ey soʻz, ne balo ajab guharsen...” nomli ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Anjumanni institut rektori, professor Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda oʻzining samimiy tabrigini yigʻilganlarga taqdim etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan konferensiyaga kelgan navoiyshunos olimlar, adabiyotchilar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar tomonidan “Navoiy g‘oyalarining zamonaviyligi”, "Navoiy asarlarida “rang” semali leksemalar sinonimiyasining lisoniy ortiqchalik fonidagi lingvopoetik imkoniyatlari”, "Malolik fathining sohibqironi” va boshqa mavzularda ma'ruzalar qilinmoqda.

San'atshunoslik fakultetining "Maqomchilar ansambli" Navoiy g‘azallaridan namunalar ijro etishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy