NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#LIVE

⚡️Ayni vaqtda Navoiy davlat pedagogika institutining faollar yigʻingohida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan “Ey soʻz, ne balo ajab guharsen...” nomli ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Anjumanni institut rektori, professor Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda oʻzining samimiy tabrigini yigʻilganlarga taqdim etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan konferensiyaga kelgan navoiyshunos olimlar, adabiyotchilar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar tomonidan “Navoiy g‘oyalarining zamonaviyligi”, "Navoiy asarlarida “rang” semali leksemalar sinonimiyasining lisoniy ortiqchalik fonidagi lingvopoetik imkoniyatlari”, "Malolik fathining sohibqironi” va boshqa mavzularda ma'ruzalar qilinmoqda.

San'atshunoslik fakultetining "Maqomchilar ansambli" Navoiy g‘azallaridan namunalar ijro etishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

🎻San'atshunoslik fakultetining "Maqomchilar ansambli" tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar ijro etilmoqda.

NavDPI Matbuot xizmati

#Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov talabalar bilan sayyor qabul oʻtkazdi

Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining kunduzgi, sirtqi va 2-mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotgan talabalari bilan rektor B.Sobirov hamda prorektor X.Qurbonov tomonidan talabalar har jabhada faol boʻlishlari, oʻz ustilarida muntazam shugʻullanishlari, vazirlik va institut miqyosida oʻtkazilayotgan tanlov, musobaqa va viktorinalarda faol boʻlishlari, boʻsh vaqtlarida kitob mutolaasi bilan shugʻullanish kabi bir qator taklif va tavsiyalar berib oʻtildi.

Talabalar tomonidan ham takliflar eshitilib, rahbariyat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#taklif

➖ Yotoqxona talabalari o‘rtasida doimiy mushoiralar o‘tkazish va faol qatnashgan talabalarni kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlash — Umeda Rahmonova - O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy