NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar dayjesti

#Tarix hamda #Oʻzbek_tili_va_adabiyoti fakultetlari tyutorlari birgalikda “Alisher Navoiy asarlarida Komil inson tarbiyasi” mavzusida 2-sonli yotoqxonada badiiy tadbir tashkil etildi. Unda Navoiy hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar tinglanib, shoir gʻazallaridan namunalar ijro qilindi. Shuningdek, O'zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti, navoiyshunos olim Tohir Xo'jayev hamda Tarix fakulteti talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

#Matematika_informatika fakulteti talabalari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlari tomonidan “Farhod” madaniyat saroyiga qarashli DM Navoiy hududiy kutubxonasida “Buyuk adibga ehtirom” nomli tadbir o’tkazildi.

#Tibbiyot fakultetida "Alisher Navoiy ijodi - ibrat maktabi" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida filologiya fanlari doktori Nigora Sharipova ishtirok etib, Navoiy ijodi to’g’risida ma’lumotlar berdi.

#Fizika_texnologiya fakulteti hamda Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda talabalar Alisher Navoiy qalamiga mansub turli g‘azal va ruboyilarni zo‘r qiziqish bilan ijro etishdi. Shuningdek, 3-sonli TTJda tyutorlar va talabalar tomonidan "Navoiyxonlik" kechasi o‘tkazildi.

#San'atshunoslik fakulteti yoshlar Ittifoqi kengashi tashabbusi bilan fakultet tyutorlari hamkorligida 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ijodiy ishlar haftaligi e'lon qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Nodirbek UMAROV (NavDPI))
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblar parashutga o'xshaydi ochilmasa foydasi yo'q. O'qish va fikrlashdan to'xtamang!

@NavDPI_YI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti Meruyert Omonboyevaning faoliyatidan videolavha

Ma'lumot o'rnida, Meruyert Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi hamda koʻplab Xalqaro va Respublika miqyosidagi tanlovlar sovrindori.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Publitsistik #maqola

📰"Doʻstlik bayrogʻi" gazetasining 9-fevral №6-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan birvarakayiga 4 ta chiqish amalga oshirildi.

⚡️Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari Botir Zaripov hamda Surayyo Muqimovalarning “Nafʼing agar xalqqa beshak durur...” nomli, Matbuot xizmati rahbari Kamol Xolovning “Ey soʻz, ne balo ajab guharsen...” mavzuida hamda Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Ilhom Toshpoʻlatovning “Kitob axborot asrida ham oʻz qadrini yoʻqotmaydi” nomli maqolalari nashr qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Yot g'oyalarga qarshi ma'rifat

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, hushyor, teran va sog‘lom fikrli, Vatanga sadoqatli farzandlar qilib tarbiyalash maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda DXX mas'ullari, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, institut rahbariyati, profilaktika inspektori, psixologi hamda Tarix, O'zbek tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetlari dekan o'rinbosarlari, tyutorlari, kunduzgi, sirtqi bo‘lim talabalari qatnashdilar.

✔️Tadbirda hukumatimiz tomonidan to‘g‘ri yo‘ldan adashib, yot g‘oyalarga aldanib, urush o'choqlariga borib qolgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish maqsadida amalga oshirilayotgan "maxsus operatsiyalar" to'g'risida ma'lumotlar berildi.

➡️Shuningdek, dinimizni niqob qilib, sohta va yolg'on ma'lumotlarni tarqatayotganlar bo'yicha lavhalar namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy