NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#Publitsistik #maqola

📰"Doʻstlik bayrogʻi" gazetasining 9-fevral №6-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan birvarakayiga 4 ta chiqish amalga oshirildi.

⚡️Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari Botir Zaripov hamda Surayyo Muqimovalarning “Nafʼing agar xalqqa beshak durur...” nomli, Matbuot xizmati rahbari Kamol Xolovning “Ey soʻz, ne balo ajab guharsen...” mavzuida hamda Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Ilhom Toshpoʻlatovning “Kitob axborot asrida ham oʻz qadrini yoʻqotmaydi” nomli maqolalari nashr qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Yot g'oyalarga qarshi ma'rifat

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, hushyor, teran va sog‘lom fikrli, Vatanga sadoqatli farzandlar qilib tarbiyalash maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda DXX mas'ullari, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, institut rahbariyati, profilaktika inspektori, psixologi hamda Tarix, O'zbek tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetlari dekan o'rinbosarlari, tyutorlari, kunduzgi, sirtqi bo‘lim talabalari qatnashdilar.

✔️Tadbirda hukumatimiz tomonidan to‘g‘ri yo‘ldan adashib, yot g‘oyalarga aldanib, urush o'choqlariga borib qolgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish maqsadida amalga oshirilayotgan "maxsus operatsiyalar" to'g'risida ma'lumotlar berildi.

➡️Shuningdek, dinimizni niqob qilib, sohta va yolg'on ma'lumotlarni tarqatayotganlar bo'yicha lavhalar namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
CELTA xalqaro tajribasi amalda

🌐 2022-yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyaning NILE – Noridj tillar o’qitish instituti va LILA til markazida "CELTA" o’quv kursida ishtirok etgan NavDPI Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o’qituvchilari D.Kodirova, N.Ochilova, N.Amonlikova, Yu.Hasanova va D.Istamovalar tomonidan “CELTA Experience” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari bilan CELTA o'quv kursida olingan bilim, ko’nikma va malaka, chet tili o’qitish metodologiyalarini tatbiq etish kabi masalalarda o'zaro tajriba almashilib, o'quv kursiga oid barcha yangiliklar taqdim etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#challenge
#video

👩‍🔬11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Men olima boʻlmoqchiman" nomli chellenj

🎙Feruza Sayitmurodova, NavDPI Tarix fakulteti talabasi

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🇹🇷Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talofatlar ko‘rilgani tufayli O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi tomonidan qardosh turk xalqiga O‘zbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSIAD nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.

‼️ Zarur bo‘lgan mahsulotlar RO‘YXATI

Gumanitar yordam berish istagida bo‘lganlar, quyidagi manzilga tashrif buyurishlari so‘raladi:

Manzil: Navoiy viloyati, Karmana tumani "Talqoq" MFY, A.Navoiy ko`chasi 36-uy
📍JOYLASHUV