NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Rektor va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

🔰Anʼanaga muvofiq, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Tarix, Sanʼatshunoslik, Rus va qozoq filologiyasi, Oʻzbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Tabiiy fanlar, Ingliz tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim, Fizika-texnologiyalar, Matematika-informatika, Tibbiyot fakultetlarining bir guruh iqtidorli yoshlari bilan uchrashdi.

✔️Uchrashuv avvalida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda "Yuksak ma'naviyatli yoshlar - jamiyat taraqqiyotining garovidir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

➡️Uchrashuvda oliy taʼlimdagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz bordi. Shuningdek, talaba-yoshlarni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda ta'lim muassasalarining o'rni muhimligi uchrashuvda ta'kidlandi. Tadbir soʻnggida talabalarning taklif va taqdimotlari eshitildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Targʻibot tadbirlari davom etmoqda

📌Avval xabar berganimizdek, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan guruh sardorlari (starostalar) bilan profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Bugun uchrashuv Matematika-informatika, Sanʼatshunoslik, Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarining guruh sardorlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Unda “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan oliy taʼlim tizimida korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha shu paytga qadar amalga oshirilgan ishlar, bu borada institutda oʻtkazilayotgan profilaktik targʻibot-tadbirlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 210, 211 va 212-moddalari tegishli bandlari tushuntirildi.

Shuningdek, guruh sardorlarining fikr-mulohaza va takliflari tinglandi. Uchrashuv yakunida korrupsion jinoyatlar sodir etilganligi bo'yicha videorolik namoyish etilib, guruh sardorlaridan “korrupsion holatlarga aralashmaslik toʻgʻrisida” tilxatlar olindi.
Yetakchilar faoliyati tahlil qilindi

🔰Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov, birinchi prorektor Xurshid Qurbonov birgalikda fakultet yetakchilari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan faoliyatlari bilan qiziqdilar.

Fakultet yetakchilariga bir qator vazifalar berildi. Jumladan, talabalarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil qilish boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini jadallashtirish, fakultetlardagi iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni roʻyxatini tayyorlab rahbariyatga maʼlum qilish, fakultetlarda matbuot kotiblarini tayinlash, qvz va teatr jamoalarini shakllantirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yetakchilar tomonidan ham takliflar ilgari surildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#UNIVERSIADA
#Belbog'li_kurash

🤼‍♂️ Toshkent viloyatida o‘tkazilgan "Universiada" musobaqalarining belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha final o‘yinlari yakuniga yetdi.

🥉Musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Kamolov Nurillo Adiz o'g'li faxrli 3-o'rinni egallab, bronza medalini qo'lga kiritdi.

👏Talabamizni tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Ассалому алайкум ҳурматли талаба-ёшлар!

📝 Ушбу сўровнома олий таълим муассасалари битирувчи талабаларининг келгусидаги истиқболли режаларини таҳлил қилиш ҳамда ёшлар ўртасида давлат фуқаролик хизмати жозибадорлигини аниқлаш мақсадида ўтказилмоқда.

🔹 Сўровнома аноним характерга эга бўлиб, натижалари умумлаштирилган ҳолда таҳлил қилинади.

Сўровномада иштирок этганингиз учун олдиндан миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг:

▶️ https://forms.gle/Kbp4tRDckqUqKmkT8
#Dayjest

O'tgan hafta davomida Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatida yuz bergan muhim voqealar xronikasi
:

📰"Navoiy ziyosi" gazetasining №3-4-sonida institut dotsenti Tohir Xo'jayev va Matbuot xizmati rahbari Kamol Xolovlarning maqolalari chop etildi

📰Maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy nashr - “Adabiyot” gazetasining №1-2-sonida birinchi prorektor Xurshid Qurbonov va dotsent Zarif Quvonovlar hammualliflikda maqola nashr etildi

📝"Soʻzimni oʻqib, anglagaysen oʻzimni" nomli adabiy-badiiy kecha o'tkazildi

🎯"Zakovat": "Rektor kubogi" final o'yinlariga yoʻllanma uchun bellashuvlar boshlandi

☀️Quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyani muqobillashtirish bo'yicha ishchi guruh institutda bo'ldi

⚡️Qoʻshma taʼlim asosida Belarus Respublikasida taʼlim olayotgan talabalar bilan onlayn muloqot tashkil etildi

🎞Yangiliklar 24 | Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi keng nishonlandi

🌐Institutda “Elektron tizim” va “HEMIS” axborot dasturining taʼlim jarayonida tutgan oʻrni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida videorolik

⚡️Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Research writing” (Ilmiy maqola qanday yoziladi) mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

🔗"XXI asr ilm fani va taʼlim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar" mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

💉“Giyohvandlik-asr balosi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

🔗"Guruh sardorlari" (starosta)lar bilan uchrashuv tashkil qilindi

🔰"Yuksak ma'naviyatli yoshlar - jamiyat taraqqiyotining garovidir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

🔗Rektor va talabalar uchrashuvi

💉Targʻibot tadbirlari davom etmoqda

🙋‍♂️Yetakchilar faoliyati tahlil qilindi

🎞"XXI asr ilm fani va taʼlim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar" mavzuidagi ilmiy anjuman tafsilotlari "Diyor 24" lavhasida

🎞“Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – jamiyat taraqqiyotining garovidir” mavzuidagi tadbir hamda "Rektor va talabalar uchrashuvi" "Diyor 24" axborot dasturida efirga uzatildi

☀️Qayta tiklanuvchi manbalar: quyosh quvvatidan foydalanish

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy