Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
Yetakchilar faoliyati tahlil qilindi
🔰Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov, birinchi prorektor Xurshid Qurbonov birgalikda fakultet yetakchilari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan faoliyatlari bilan qiziqdilar.
Fakultet yetakchilariga bir qator vazifalar berildi. Jumladan, talabalarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil qilish boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini jadallashtirish, fakultetlardagi iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni roʻyxatini tayyorlab rahbariyatga maʼlum qilish, fakultetlarda matbuot kotiblarini tayinlash, qvz va teatr jamoalarini shakllantirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yetakchilar tomonidan ham takliflar ilgari surildi.
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy

#UNIVERSIADA
#Belbog'li_kurash
🤼♂️ Toshkent viloyatida o‘tkazilgan "Universiada" musobaqalarining belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha final o‘yinlari yakuniga yetdi.
🥉Musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Kamolov Nurillo Adiz o'g'li faxrli 3-o'rinni egallab, bronza medalini qo'lga kiritdi.
👏Talabamizni tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Ассалому алайкум ҳурматли талаба-ёшлар!
📝 Ушбу сўровнома олий таълим муассасалари битирувчи талабаларининг келгусидаги истиқболли режаларини таҳлил қилиш ҳамда ёшлар ўртасида давлат фуқаролик хизмати жозибадорлигини аниқлаш мақсадида ўтказилмоқда.
🔹 Сўровнома аноним характерга эга бўлиб, натижалари умумлаштирилган ҳолда таҳлил қилинади.
Сўровномада иштирок этганингиз учун олдиндан миннатдорчилик билдирамиз!
Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг:
▶️ https://forms.gle/Kbp4tRDckqUqKmkT8

#Dayjest
O'tgan hafta davomida Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatida yuz bergan muhim voqealar xronikasi:
📰"Navoiy ziyosi" gazetasining №3-4-sonida institut dotsenti Tohir Xo'jayev va Matbuot xizmati rahbari Kamol Xolovlarning maqolalari chop etildi
📰Maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy nashr - “Adabiyot” gazetasining №1-2-sonida birinchi prorektor Xurshid Qurbonov va dotsent Zarif Quvonovlar hammualliflikda maqola nashr etildi
📝"Soʻzimni oʻqib, anglagaysen oʻzimni" nomli adabiy-badiiy kecha o'tkazildi
🎯"Zakovat": "Rektor kubogi" final o'yinlariga yoʻllanma uchun bellashuvlar boshlandi
☀️Quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyani muqobillashtirish bo'yicha ishchi guruh institutda bo'ldi
⚡️Qoʻshma taʼlim asosida Belarus Respublikasida taʼlim olayotgan talabalar bilan onlayn muloqot tashkil etildi
🎞Yangiliklar 24 | Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi keng nishonlandi
🌐Institutda “Elektron tizim” va “HEMIS” axborot dasturining taʼlim jarayonida tutgan oʻrni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida videorolik
⚡️Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Research writing” (Ilmiy maqola qanday yoziladi) mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi
🔗"XXI asr ilm fani va taʼlim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar" mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi
💉“Giyohvandlik-asr balosi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi
🔗"Guruh sardorlari" (starosta)lar bilan uchrashuv tashkil qilindi
🔰"Yuksak ma'naviyatli yoshlar - jamiyat taraqqiyotining garovidir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
🔗Rektor va talabalar uchrashuvi
💉Targʻibot tadbirlari davom etmoqda
🙋♂️Yetakchilar faoliyati tahlil qilindi
🎞"XXI asr ilm fani va taʼlim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar" mavzuidagi ilmiy anjuman tafsilotlari "Diyor 24" lavhasida
🎞“Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – jamiyat taraqqiyotining garovidir” mavzuidagi tadbir hamda "Rektor va talabalar uchrashuvi" "Diyor 24" axborot dasturida efirga uzatildi
☀️Qayta tiklanuvchi manbalar: quyosh quvvatidan foydalanish

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzularida targʻibot tadbirlari davom etmoqda
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan fizika-texnologiyalar, tabiiy fanlar, jismoniy madaniyat fakultetlari guruh sardorlari ishtirokida targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi. Unda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik targʻibot-tashviqot ishlari toʻgʻrisida tushuntirildi. Shuningdek, talabalardan har qanday savollar va takliflar boʻyicha boʻlimning “Ishonch telefoni”iga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib oʻtildi.
➡️Tadbir yakunida korrupsion jinoyatlar sodir etilganligi bo'yicha videorolik namoyish etilib, guruh sardorlaridan “korrupsion holatlarga aralashmaslik toʻgʻrisida” tilxatlar olindi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maqom
🎼Har kuni erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida talabalarni milliy qadriyat va anʼanalarimizga boʻlgan mehr- muhabbatini yanada yuksaltirish maqsadida maqom yo'nalishidagi qoʻshiqlar yangramoqda.
📹Ushbu videoda Sanʼatshunoslik fakultetining “Navobaxsh” ashula va raqs maqomchilar ansambli tomonidan jonli ijroda maqom qoʻshiqlari kuylanayotgani aks etgan.

‼️ 🎬DIQQAT KASTING 🎭‼️
"Talabalar teatr studiyasiga"
Kasting o'tkazilmoqda
20-fevral kuni bo'lib o'tgan kasting natijasida Tabiiy fanlar, Tarix, O'zbek tili va adabiyoti, Fizika-texnologiyalar, Matematika-informatika, Tibbiyot fakulteti talabalari orasidan iste'dodli yoshlar saralab olindi.
Bugun Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, San'atshunoslik, Ingliz tili va adabiyoti, Chet tillar, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari orasidan iste'dod egalari aniqlanadi.
Barcha iste'dodli yoshlarni Safimizga chorlaymiz !!!
⏳Boshlanish vaqti: 09:30
🏛Manzil: NavDPI bosh binosida
Ⓜ️urojaat uchun: @zafar_zavqiddinovich
📞: +998 97 378 44 10

Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot
Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi
Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Bu tartib, shunigdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy