NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
🔰Mazkur tadbirda Ombudsmanning mintaqaviy vakili Prezidentning 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da keltirilgan muhim masalalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

Shuningdek, Ombudsman institutining tarixi, mamlakatimizda tashkil topib shakllanishi, faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ularni koʻrib chiqishda vakilning vakolatlari toʻgʻrisida soʻz bordi.

✔️Tadbirda Yoshlar ishlari Agentligi vakili D.Egamov, Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori X.Qurbonovlar tomonidan yoshlarni barkamol voyaga yetishi, taʼlim olishi va hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun yaratilayotan keng imkoniyatlar boʻyicha mulohazalar qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida taʼlim sohasidagi vazifalar

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Xurshid Qurbonov 1-bosqich talabalarga ”Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida taʼlim sohasidagi vazifalar" mavzusida akademik maʼruza qildi.

Maʼruzada Uchinchi renessans avlodni shakllantirish omillari, milliy qadriyatlar, tarixiy taraqqiyot, taʼlimdagi islohotlar, talaba-yoshlarni iqtidorini namon etish masalalariga toʻxtaldi. Maʼruza munozara, savol-javob shaklida oʻtkazilib, talabalarning fikrlari tinlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Talabalarning ijodiy ishlari ilhom manbai

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy ishlarini keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

🎨Xususan, yosh rassomlarning ijodiy ishlari va kompozitsiyalari fakultetlarda, talabalar turar joylarida hamda "Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyida" oʻzgacha fusunkorlik bagʻishlamoqda.

📹Ushbu video va rasmlar orqali siz ham ijod namunalaridan bahramand boʻling.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞“Diyor 24” | Navoiy davlat pedagogika institutida ehtiyojmand talabalarning shartnoma pullari toʻlab berilmoqda

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#2022_yil #sarhisob

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam aloqa oʻrnatgan.

Oʻtgan yilda ham oliygohimiz OAV diqqat markazida boʻldi.

📈Ushbu infografikada Respublika va mahalliy OAVlardagi chiqishlar aks etgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Talaba-yoshlar ongida vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda harbiylarimizga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan tadbir tashkil etildi.

Talabalar askarlar hayoti, faoliyati toʻgʻrisida badiiy chiqishlar namoyish etishdi. Tadbir avvalida Sanʼatshunoslik fakultetining “Xor” jamoasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jonli ijroda kuylandi.

Tadbir davomida fakultetining “Navobaxsh” maqomchilar ansambli, “Zarb” doirachilar ansambli, “Zar brend” dutorchi qizlar guruhlari tomonidan diltortar kuy, qoʻshiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, fakultet iqtidorli talabalarining rasmlar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Tadbir yakunida “Vatandir bu... ” taronasi Sherzod Aslanov tomonidan maromiga yetkazib ijro etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy