NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Talaba-yoshlar ongida vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda harbiylarimizga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan tadbir tashkil etildi.

Talabalar askarlar hayoti, faoliyati toʻgʻrisida badiiy chiqishlar namoyish etishdi. Tadbir avvalida Sanʼatshunoslik fakultetining “Xor” jamoasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jonli ijroda kuylandi.

Tadbir davomida fakultetining “Navobaxsh” maqomchilar ansambli, “Zarb” doirachilar ansambli, “Zar brend” dutorchi qizlar guruhlari tomonidan diltortar kuy, qoʻshiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, fakultet iqtidorli talabalarining rasmlar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Tadbir yakunida “Vatandir bu... ” taronasi Sherzod Aslanov tomonidan maromiga yetkazib ijro etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Zakovat

🏢Navoiy davlat pedagogika institutida "Zakovat" intellektual oʻyini "Rektor kubogi" final jarayonlariga yoʻllanma uchun bellashuvlar bo'lib o'tmoqda

🎯4-oʻyin - Rus va qozoq filologiyasi fakulteti jamoalari oʻrtasida o'tkazildi. Bellashuv yakunida jamoalar quyidagi ballarni olishdi:

➖Evrika
➖Ultimatum
➖Maroqand
➖Ideal plus

Keyingi yarim final oʻyiniga "Evrika" jamoasi yoʻl oldi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy