NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni”

⚡️Rus va qozoq filologiyasi fakulteti tyutorlari va talabalari Navoiy shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli 20022 harbiy qismga “Ma'naviy yuksalish - vatanparvarlik kuni” va “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurishdi.

Tashrif jarayonida harbiy qism ma‘naviy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha komandiri talabalarga askarlar hayoti, faoliyati haqida batafsil ma‘lumot berib, Markaziy harbiy okrugining 523-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Talabalar harbiy qismga sayohat davomida takrorlanmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Jurnallar (Камуна Назарова Фарходовна)
Scopus_Journals_January_2023_Publication_uz _kanali.xlsx
26 MB
📣 Ilmiy tadqiqot sohasidagi so'ngi yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling!

✅ Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallar ro'yxati(2023 yil, fevral holatiga ko'ra)

Murojaat: @Nazarova_Kamuna
Telegram kanalimiz: @ilmiyjurnallarrr
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Raqamli O‘zbekiston: hududlar va sohalarni raqamlashtirish uchun 2023-yilda nimalar qilinadi?

So‘nggi 3 yilda IT sohasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi:
➖2022-yilda IT Park rezidentlari 5 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatdi (2021-yilda 2,5 trln so‘m)
➖140 mln dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021-yilda 50 million dollar)
➖mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilib, bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 mln aholi foydalandi (2021-yilda 9 million bo‘lgan)
➖70 dan ortiq turdagi ma'lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.

2023-yilda hududlar va sohalarni raqamlashtirish uchun belgilangan ayrim reja va vazifalar haqida — #infografikamizda.

Siz ham 👉Yuksalish tarafdorlariga qo‘shiling!

@uzbyuksalish
2022 йилда энг кўп даромад ва зарар кўрган олий таълим муассасалари маълум қилинди

2022 йилни энг катта даромад билан якунлаган олийгоҳ – Тошкент давлат иқтисодиёт университети. Даромадлар ва харажатлар ўртасидаги энг катта салбий фарқ Самарқанд давлат университетида кузатилган.

👉 https://kun.uz/97737539

Kun.uz расмий канали
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Kitobxonlik - inson maʼnaviyatining koʻzgusi

📚Mahallada kutubxona tashkil etgan Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Ilhom Toshpoʻlatov haqida maxsus koʻrsatuv

#uzbekiston24

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangilanayotgan yurt: yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar

#uzbekistontv

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
💵O‘zbekistondagi eng daromadli Oliy ta'lim muassasasi nomi ma’lum bo‘ldi

2022 yilda eng yuqori sof daromadga ega 5 ta oliygoh:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd.so‘m;
Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd.so‘m;
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd.so‘m;
Guliston davlat universiteti – 54 mlrd.so‘m;
Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd.so‘m.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
☀️Navoiy davlat pedagogika institutining 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami boʻlib 350 kvt lik quyosh panellari oʻrnatilgan.

Ushbu oʻrnatilgan quyosh panelining bir yillik elektr energiya ishlab chiqarishi jami boʻlib, 935 000 kvt ni tashkil qiladi.

Oʻtgan yil davomida Navoiy shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmol qilingan elektr-energiya sarfi 1020 000 kvt ni tashkil etganligini inobatga olib, institutning 2023-yilda elektr-energiyaga boʻlgan ehtiyojini toʻla ta'minlash maqsadida qoʻshimcha 160 kvtlik quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Lobar qizlar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Lobar qizlar” tanlovi institut bosqichi oʻtkazildi.

Oʻzlari tahsil olayotgan fakultetlari sharafini himoya qilgan talaba-qizlar oʻz mahoratlari, ijodiy ishlari, isteʼdodlari va qoʻl mehnati namunalarini namoyish qilish bilan birga, tezkor savollarga tezkor javob berib, bilimlari va zukkoliklarini koʻrsatdilar.

Ishtirokchilarning chiqishlari Hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. Tanlovning barcha ishtirokchilari faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
International traditions and
universal values - Xalqaro an’analar va umumbashariy qadriyatlar

Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar bu - milliy qadriyatlar deyiladi. O'zbekiston Respublikasida 140 dan ortiq millat va elat vakillari birdam, do'stona istiqomat qiladi. Shu an'analarni davom ettirish maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-2-bosqich talabalari, tyutorlari hamda Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari tomonidan "International traditions and universal values"- Xalqaro an'analar va umumbashariy qadriyatlar nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.

Unda Braziliya, Koreya, Qozog'iston va Ozarbayjon davlatlari an'analari, urf-odatlari talabalar tomonidan sahnalashtirildi.

Tadbirda "Do'stlik NNT xodimlari ham ishtirok etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy