NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
☀️Navoiy davlat pedagogika institutining 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami boʻlib 350 kvt lik quyosh panellari oʻrnatilgan.

Ushbu oʻrnatilgan quyosh panelining bir yillik elektr energiya ishlab chiqarishi jami boʻlib, 935 000 kvt ni tashkil qiladi.

Oʻtgan yil davomida Navoiy shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmol qilingan elektr-energiya sarfi 1020 000 kvt ni tashkil etganligini inobatga olib, institutning 2023-yilda elektr-energiyaga boʻlgan ehtiyojini toʻla ta'minlash maqsadida qoʻshimcha 160 kvtlik quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Lobar qizlar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Lobar qizlar” tanlovi institut bosqichi oʻtkazildi.

Oʻzlari tahsil olayotgan fakultetlari sharafini himoya qilgan talaba-qizlar oʻz mahoratlari, ijodiy ishlari, isteʼdodlari va qoʻl mehnati namunalarini namoyish qilish bilan birga, tezkor savollarga tezkor javob berib, bilimlari va zukkoliklarini koʻrsatdilar.

Ishtirokchilarning chiqishlari Hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. Tanlovning barcha ishtirokchilari faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
International traditions and
universal values - Xalqaro an’analar va umumbashariy qadriyatlar

Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar bu - milliy qadriyatlar deyiladi. O'zbekiston Respublikasida 140 dan ortiq millat va elat vakillari birdam, do'stona istiqomat qiladi. Shu an'analarni davom ettirish maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-2-bosqich talabalari, tyutorlari hamda Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari tomonidan "International traditions and universal values"- Xalqaro an'analar va umumbashariy qadriyatlar nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.

Unda Braziliya, Koreya, Qozog'iston va Ozarbayjon davlatlari an'analari, urf-odatlari talabalar tomonidan sahnalashtirildi.

Tadbirda "Do'stlik NNT xodimlari ham ishtirok etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Akbar_Rizakulov (Akbar _ Rizakulov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
𝐒𝐈𝐙 𝐁𝐀𝐇𝐎𝐑𝐆𝐀 𝐎'𝐗𝐒𝐇𝐀𝐘𝐒𝐈𝐙 𝐎𝐍𝐀𝐌 ❤️❤️

🎙 Akbar Rizakulov...
“Zakovat” intellektual oʻyini

Bugun, 1-mart— Vafo va sadoqat, tong kuychisi, O'zbekiston Xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun.

Shu munosabat bilan o'zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalari o'rtasida Zulfiya hayoti, ijodiy faoliyati, asarlari asosida "Zakovat" intellektual musobaqasi o'tkazildi. Ushbu musobaqaga #NavDPI Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektor X. Qurbonovning kirish so'zi bilan start berildi.

Fakultet tyutorlari musobaqaning adolatli tarzda o'tkazilishini nazorat qilib bordilar. Yakuniy natijalariga ko'ra, I-o'rin "Utopiya" jamoasiga, II-o'rin "Renessans" jamoasiga va III-o'rin "Hulkar" jamoasiga nasib etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy