NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#teatr

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoalari o‘rtasida bo'lib o'tgan hududiy bosqichda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi “Teskari dunyo” spektakli bilan faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

👏Jamoamizning ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz. Tanlovning mintaqaviy bosqichida ham omad tilaymiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Yubiley

Adabiyotshunos olim Abdulhamid Xolmurodov - 70 yoshda!

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professori, adabiyotshunos olim Abdulhamid Oripovich Xolmurodov tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari: tadqiq, tahlil va yangicha yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanni NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov ochiq deb eʼlon qilib, ustoz A.Xolmurodovning hayot va ijodiy faoliyati toʻgʻrisida samimiy fikrlarini izhor etdi. Shu bilan birga ustozga oʻzining yubiley sovgʻasini inʼom etdi.

Shuningdek, respublikamizning turli oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan va onlayn tarzda ishtirok etgan bir guruh mehmonlar oʻzlarining iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashib, A.Xolmurodovni 70 yoshli yubileyi bilan muborakbod etishdi.

Hamkasblari, shogirdlari va oila aʼzolarining samimiy tilaklari ushbu tadbirga yanada fayz kiritdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#nafosat_bayrami

Nafosat malikalariga ehtirom

⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida mehnat qilib kelayotgan professor-oʻqituvchi xotin-qizlarga, ishchi-xodimlar va talabalarga 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tantanali bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

〰️〰️〰️〰️〰️

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy