NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#nafosat_bayrami

⚡️Sanʼatshunoslik fakultetining professor-oʻqituvchi va talabalari tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar, kuy-qoʻshiq va raqslar, modalar ko'rgazmasi yigʻilganlarga bayram kayfiyatini ulashib, tadbirga fayz bagʻishladi, barchani go'zal raqslarga chorladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🚴‍♂️“Xavfsiz hayot uchun” - Velo va piyoda yurish marafoni

⚡️Bugun - 5 mart kuni erta tongdan respublikamizning barcha hududlari qatori Navoiy viloyatida ham “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport va yurish marafonlari bo'lib o'tdi.

🏅Ushbu marafonda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi, jumladan institut rahbariyati, professor-o'qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etib, IIV tomonidan tashkil etilgan marafonda taqdirlanishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#UNIVERSIADA

“Universiada” musobaqasida NavDPI jamoasi faxrli 3-oʻrinni egalladi

🤾‍♀️Sirdaryo viloyatida gandbol bo'yicha "Universiada" sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo'lib o'tdi. Navoiy davlat pedagogika institutining "NavDPI" terma jamoasi qizlari munosib ishtirok etib, faxrli🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💐👏Institutimiz jamoasini ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz. Sport faoliyatlarida yangi natijalar tilaymiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Zulfiya

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan:

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi

Yuksak natijalar muborak bo'lsin! Yutuqlar bardavom bo'lsin!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy