NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
🚴‍♂️“Xavfsiz hayot uchun” - Velo va piyoda yurish marafoni

⚡️Bugun - 5 mart kuni erta tongdan respublikamizning barcha hududlari qatori Navoiy viloyatida ham “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport va yurish marafonlari bo'lib o'tdi.

🏅Ushbu marafonda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi, jumladan institut rahbariyati, professor-o'qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etib, IIV tomonidan tashkil etilgan marafonda taqdirlanishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#UNIVERSIADA

“Universiada” musobaqasida NavDPI jamoasi faxrli 3-oʻrinni egalladi

🤾‍♀️Sirdaryo viloyatida gandbol bo'yicha "Universiada" sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo'lib o'tdi. Navoiy davlat pedagogika institutining "NavDPI" terma jamoasi qizlari munosib ishtirok etib, faxrli🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💐👏Institutimiz jamoasini ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz. Sport faoliyatlarida yangi natijalar tilaymiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Zulfiya

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan:

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi

Yuksak natijalar muborak bo'lsin! Yutuqlar bardavom bo'lsin!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#dayjest

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar:

🔗Navoiy viloyat "Maʼnaviyat va maʼrifat markazi"da tantanali bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

#O'zbek_tili_va_adabiyoti fakultetida "Bahor malikalari" tanlovi bo'lib o'tdi. Unda talaba qizlar 4ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar.

#Maktabgacha_va_boshlang'ich_ ta'lim fakultetida "Ayolga baxt bering, saodat bering!" nomli tadbir o'tkazildi. Tadbirda ayol go'zalligi va nafosati, sadoqatini madh etuvchi she'r, qo'shiq va raqslar ijro etildi.

#Fizika_texnologiya fakultetida “Balli, qizlar!” ko‘rik-tanlovi barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi.

#Matematika_informatika fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida "O'‘zbekistonda ayolga ehtirom" mavzusida Axborot va murabbiylik soati mushoira tarzda tashkil etildi. Ta'limda erishgan yutuqlari uchun bir guruh talaba qizlar va ularning onalari institut rektori nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#Rus_va_qozoq_filologiyasi fakultetida “Kreativ-innovatsiya-molodyoj” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Fakultet talabalari tomonidan turli musiqiy-badiiy va sahnaviy chiqishlar koʻtaringilik bagʻishladi.

#Ingliz_tili_va_adabiyoti fakultetida "Muqaddassan, O'zbek ayoli!" nomli badiiy-musiqiy tadbir tashkil qilindi. Fakultet talabalari ijrosida kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

#Tarix, #Tabiiy_fanlar, #Rus_va_qozoq_tili, #Matematika_informatika _informatika, #Sanʼatshunoslik fakultetlari talaba qizlari o'rtasida "Көктем аруы" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

#San'atshunoslik fakultetida "NAFOSAT MALIKALARIGA EHTIROM", deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlarni madh etuvchi kuy - qo'shiqlar, she'rlar aytilib, sahna ko'rinishlari taqdim etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Rektor_tabrigi

🔹Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube