NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Rektor va bitiruvchi oʻquvchilar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda yoshlarni oliy ta’limga tobora kengroq qamrab olish maqsadida ularga katta imkoniyatlar taqdim qilinayapti. Qabul kvotalarining yildan-yilga oshirilayotgani bunga bir misol bo‘ladi. Endilikda maktab va oliy ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish, har bir fakultetga shu sohaga qiziquvchi yoshlarni yo‘naltirish, o‘quvchilarga oliygoh va yo‘nalshlar, imtihon fanlari yuzasidan zarur axborotlarni muntazam taqdim qilib borish muhim sanaladi.

Shu maqsadda bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida rahbariyat, bo'lim boshliqlari Karmana tumani 2-sonli umumta'lim maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

NavDPI rektori B.Sobirov bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularga oliy ta’lim sohasidagi islohotlar hamda institut hayoti haqida so‘zlab berdi.

Bundan tashqari, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G'.Yodgorov fakultetlar va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim qildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Targʻibot tadbirlari davom etmoqda

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida huquq tartibot idorali bilan hamkorlikda profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

⚡️Huddi shunday tadbirlardan biri bugun "Missionerlik va prozeletizm faoliyatining shakillari, ijtimoiy xavf va oldini olish uslublari" mavzusida o'tkazildi.

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika institutining san'atshunoslik, fizika-texnologiyalar va matematika-informatika fakultetlari talabalari ishtirok etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🔰NavDPIga xorijiy va mahalliy professorlar tashrif buyurdi

AQSHning Michigan davlat universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professori Temur Xo’ja Usmonxo’ja o’g’li, Buxoro davlat universiteti professorlari: Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, Xayitov Shodmon Axmadovich, Xusen Jurayev (Buxoriy)lar dastlab institut rektori, professor Bahodir Sobirov bilan ucharashib, samimiy muloqot qurdilar.

Shundan so'ng talabalar ishtirokida "ochiq dars" bo'lib o'tdi. Unda professorning otasi Usmon Xo'ja haqida ma'lumotlar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy