NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
🔰NavDPIga xorijiy va mahalliy professorlar tashrif buyurdi

AQSHning Michigan davlat universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professori Temur Xo’ja Usmonxo’ja o’g’li, Buxoro davlat universiteti professorlari: Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, Xayitov Shodmon Axmadovich, Xusen Jurayev (Buxoriy)lar dastlab institut rektori, professor Bahodir Sobirov bilan ucharashib, samimiy muloqot qurdilar.

Shundan so'ng talabalar ishtirokida "ochiq dars" bo'lib o'tdi. Unda professorning otasi Usmon Xo'ja haqida ma'lumotlar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
"Zulfiya" mukofoti sohibasi munosib kutib olindi

🔹Davlatimiz rahbarining 2023-yil 6-mart "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida"gi qaroriga ko'ra Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Lobarxon Jalolova ham "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko'rilgan edi.

✔️Institutning faol, tashabbuskor xotin-qizlari ketma-ket 4-yil "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlib kelmoqda.

💐Bugun faollar zalida institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, professor-oʻqituvchilari va talabalar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori hamda medal va faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan bir guruh xotin-qizlarni tantanali kutib oldi. Institut jamoasi nomidan ularga ehtirom ko'rsatilib, qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
E'TIROF

🔰Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “8 -mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan respublikamiz oliy taʼlim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar taqdirlandi.

Xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova faoliyati ham munosib e’tirof etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sovrindori - Navoiy davlat pedagogika institutining ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizining faoliyati yuzasidan tayyorlangan #video_rolik

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
TALABAMIZ XALQARO OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

⚡️Joriy yilning 9-10-mart kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida "Ibn Sino ta'limotidan lll renessansgacha" nomidagi lll Xalqaro nufuzli olimpiada bo'lib o'tdi. Ushbu olimpiadada 20dan ziyod mahalliy va xorijiy oliygoh talabalari 35ga yaqin fanlar doirasida o'z bilimlarini sinashdi.

👩‍🔬Quvonarlisi, #Navoiy_davlat_pedagogika_instituti sha'nini himoya qilgan Tibbiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Shahzoda Zoyirova "Normal Fiziologiya" fanidan faxrli 🥈 2-o'rinni egallab, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

👏Ushbu muvaffaqiyat bilan Shahzodani tabriklaymiz! Kelgusi o'qish, izlanish faoliyatlariga yuksak zafarlar, muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#xushxabar

⚡️NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O'QITUVCHISI XALILOV SHOXRUX ERKIN OʻGʻLI O'ZINING "POLIAKRILAMID VA OLTINGUGURT ARALASHMALARINING OQIMDA STRUKTURAVIY VA FAZAVIY OʻZGARISHLARI" MAVZUSIDAGI (01.04.06-POLIMERLAR FIZIKASI) FIZIKA — MATEMATIKA FANLARI BOʻYICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASINI POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI DSC02/30.12.2019.K/FM/T.36.01 RAQAMLI ILMIY KENGASHDA 100% OVOZ BILAN HIMOYA QILDI.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy