NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#Dayjest

6–11-mart kunlari davomida Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatida yuz bergan muhim voqealar xronikasi
:

🔗Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-martdagi qarori bilan talabamiz Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo'ldi

🔗Fakultetlarda 8-mart bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

🔗“Hurriyat” gazetasining 8-mart - bayram, № 9-soni “Tabriklar” ruknidan Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasining bayram tabrigi joy oldi

🔗O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi I.Bahronovaning maqolasi xorij matbuoti e'tiborida

🔗Rektor va bitiruvchi oʻquvchilar uchrashuvi

🔗Institutda huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda

🔗NavDPIga xorijiy va mahalliy professorlar tashrif buyurdi

🔗"Zulfiya" mukofoti sohibasi munosib kutib olindi

🔗TALABAMIZ XALQARO OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

🔗8-Mart — "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar televideniye dasturlarida efirga uzatildi 1, 2, 3

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVOIYDA YOSHLAR TURIZM HAFTALIGI

Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti va Navoiy viloyat Madaniyat va Turizm Boshqarmasi bilan hamkorlikda 21-31-mart kunlari "Yoshlar Turizm haftaligi biz bilan" shiori ostida o'tkaziladigan turizm haftaligimizga marhamat!

Haftalik doirasida siz quyidagi tanlovlarda ishtirok etishingiz va sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin🥳🥳🥳🥳🥳

1.Shaxmat
2.Shashka
3.Zakovat
4.Stol tennisi
5.Eng yaxshi turizm loyihasi
6.Milliy an'analar

Tanlovlarda faqatgina ro'yxatdan o'tganlar ishtirok eta oladi.

Ⓜ️urojaat uchun:
@Oygul27 telegram manzili

Haftalik doirasida viloyatimizning diqqatga sazovor turistik joylariga sayohat tashkil etiladi.

Haftalikni biz bilan mazmunli va unumli o'tkazing. O'zingiz uchun sovg'alar yutib oling.

ALOHIDA ESLATMA: Haftalik tanlovlarida faol ishtirok etgan talabalar 2023-yil iyul oyida Farg'ona viloyatida o'tkaziladigan "Yoshlar Turizm qurultoyi" uchun saralab olinadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Talabalar doim e'tiborda

#NavDPI rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev, institut psixologi Dilfuza Abdurayimova hamda tarix fakulteti tyutorlari 2-sonli TTJ va ijara asosida yashovchi talabalarning shart-sharoitlari bilan tanishishdi. Xususan, oshxona, tikuvchilik xonasi, kompyuter xonalarini ko'zdan kechirishdi.

Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollari va taklif-mulohazalari tinglandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor 24| "Zulfiya" mukofoti sohibasi munosib kutib olindi

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
DIQQAT DIQQAT!

Agar siz hali ham shaxsiy yutuqlari ko'p insonlarni olqishlashda davom etayotgan ekansiz bu yutuqlar sizni hayotizda sodir bo'lmaydi. Sizning psixologik bilimingiz sizga yo'l ochuvchi kalitdir. Psixologiyamiz qudratli kuchga ega emas ekan uni qudratli qilishga hali imkonimiz bor.

O'Z USTIDA ISHLASH, SHAXSIY MUVAFFAQIYATLARINI KO'PAYTIRISH, KUCHLI PSIXOLOGIK SHAXSIYATGA EGA BO'LISHNI ISTAGANLARNI NAVBATDAGI MARAFONIMIZGA TAKLIF ETAMAN.

Marafon orqali quyidagi mavzularda 7 ta trening bo'ladi:

1.Taym menejment (Vaqtni boshqarish).
2.Miyamizdagi biz bilmagan qudratli psixologik effektlar.
3.Bizni boshqaradigan komplekslarimiz.
4.Liderga aylanish sirlari.
5.Aql va hislar gigiyenasi.
6.O'z ustida ishlash va shaxsiy rivojlanish.
7.Master klass
.

Marafon yakunida siz SERTIFIKAT hamda trening materiallariga ega bo'lasiz. 23-mart kuni 1-trening. Ungacha ro'yxatdan o'tib qo'ying. Marafon pullik. 1-trening bepul barcha ishtirok etishi mumkin.

Murojaat uchun: @Nodirbek_Umarov
tel: +998976840437
NavDPIda bitiruvchi kurs talabalari bilan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi hamda ishga taqsimot tadbiri boʻlib oʻtdi

Bugungi oʻtkazilgan tadbirda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi, madaniyat hamda yoshlar siyosati va sport boshqarmalari oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Unda jami boʻlib 47 ta tashkilot va muassasalar, fakultetlar va mutaxassis yetkazuvchi kafedralarning rahbar va masʼullari hamda 400 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etib, masʼul rahbarlar tomonidan mutaxassisliklar boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari 146 ta hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari 7 ta vakant ish oʻrinlari bilan qatnashishdi.

Shuningdek, ishga joylashtirish bo'yicha kelishuvlar imzolandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy