NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
NavDPIda bitiruvchi kurs talabalari bilan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi hamda ishga taqsimot tadbiri boʻlib oʻtdi

Bugungi oʻtkazilgan tadbirda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi, madaniyat hamda yoshlar siyosati va sport boshqarmalari oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Unda jami boʻlib 47 ta tashkilot va muassasalar, fakultetlar va mutaxassis yetkazuvchi kafedralarning rahbar va masʼullari hamda 400 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etib, masʼul rahbarlar tomonidan mutaxassisliklar boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari 146 ta hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari 7 ta vakant ish oʻrinlari bilan qatnashishdi.

Shuningdek, ishga joylashtirish bo'yicha kelishuvlar imzolandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida "Ikar karvoni" kitob taqdimoti o'tkazildi

🔰Kitoblar jаvoni bilan kelgan loyiha mualliflari tomonidan kitobsevarlarga nashriyot faoliyati, “Ikar” loyihasi va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi.

📘Shuningdek, "IKAR" to'plamining taqdimotida talabalar kitoblarni ulgurji narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo'ldilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVRO‘Z SAYLIGA MARHAMAT!

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz talabalar hamda shahrimiz mehmonlari!

Navro‘z bayrami munosabati bilan ertaga,15-mart kuni soat 10:30da Navoiy davlat pedagogika instituti bosh binosida “Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim” g'oyasi ostida “Asriy qadriyatlar beshigisan, ayyomi Navro'z” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Bayram davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

🎨1. Rasmlar koʻrgazmasi;
🤼‍♂️2. Sport musobaqalari;
🎭3. Qoʻl mehnati koʻrgazmasi;
🍞4. Milliy taomlar koʻrgazmasi;
📚5. Kitoblar koʻrgazmasi;
🎼6. Badiiy qism (viloyatimiz sanʼatkorlari tomonidan diltortar taronalar, kuy-qo'shiq va raqslar ijro etiladi).

Barchangizni Navroʻz sayli va bayram tadbiriga taklif etamiz

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti bosh binosida “Asriy qadriyatlar beshigisan, ayyomi Navro'z” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri boshlanish arafasida

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy