NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#Navro'z

⚡️Avval xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutida “Asriy qadriyatlar beshigisan, Navroʻz” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy bayram sayli boʻlib oʻtdi.

🔹
Ushbu bayram tadbiriga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tashrif buyurib, professor-oʻqituvchilar, magistrant va talabalarni bayram bilan qutladi. Shundan so'ng qoʻl mehnati mahsuli boʻlmish ajoyib sanʼat namunalari koʻrgazmasi, bayram dasturxonlari bahoriy taomlar, pazandalar tortiq qilgan pishiriq va shirinliklar, sport oʻyinlari, kitob savdosi, zakovat oʻyinlari bilan tanishdi. Bayram munosabati bilan doshqozonda sumalak qaynab, yaxshi niyatlar bildirildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🏅Navoiy davlat pedagogika institutining sportchi talabalari O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etishdi

🥋Samarqandda bo'lib o'tgan qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida #Jismoniy_madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Marjona Fayzullayeva barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib,🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🤼‍♀️Buxoro shahrida o'tkazilgan sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida fakultetning 2-bosqich talabasi Gulina Oblaqulova 🥇oltin medalga ega bo'ldi va Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👏Sportchi talabalarimizni ushbu g‘alabalar bilan tabriklab, kelgusi sport faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Bobur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Мен фарзандларимнинг умуминсоний ва миллий қадриятларимиз асосида шаклланишини, етук инсонлар бўлишини истайман. Шунинг учун ҳам Ўзбекистоннинг дунёвий ва ҳуқуқий давлат эканлигини янгиланаётган Конституцияда мустаҳкамлаш зарур, деб ҳисоблайман. Мен бефарқ эмасман!

Барчангизни “Мен бефарқ эмасман” челленжида қатнашишга чорлайман!
#befarqemasman

Сиз ҳам бефарқ бўлманг!

Bobur BEKMURODOV
#Navro'z

🔰Matematika-informatika fakultetida 21-mart Navruz umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, dotsent G‘ayrat Yodgorov ochib, Navro‘z – yangilanish, yasharish, mehr-oqibat va qadr-qimmat bayrami bilan barchani muborakbod etdi.

Tadbir bellashuv tarzida tashkil etilib, talabalardam tashkil topgan jamoalar bilim va mahoratlarini namoyish qildilar. Oliy o‘rin - 1-V guruhining “Lastochka” jamoasiga nasib etdi. Qolgan jamoalar “Eng zukko jamoa”, “Eng bilimdon jamoa”, “Eng chaqqon jamoa”, “Eng pazanda jamoa”, “Eng tadbirkor jamoa” nominatsiyalari bo'yicha taqdirlanishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

🎞"Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim" gʻoyasi asosida “Asriy qadriyatlar beshigisan Navroʻz” nomli bayram sayli Yoshlar telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturi orqali namoyish etildi.

@yangidavr_rasmiy

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Navro'z

Xush kelding yangi kun - xush kelding Navroʻz

Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik hamda Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetlarida bayram sayillari boʻlib oʻtdi.

🔹Ushbu bayram tadbirida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosari Yashin Doʻshanov, viloyat mutassadilari ishtirok etib, institut jamoasini, qolaversa viloyatimiz ahlini yangilanish va yosharish fasli Navroʻz umumxalq bayrami bilan muborakbod etdilar.

Bayram munosabati bilan mehmonlar fakultetlar tomonidan taqdim etilgan raqslar, sahna koʻrinishlaridan bahramand bo'ldilar. Bayramona bezatilgan dasturxonga milliy taomlar tortiq qilindi. Koʻk chuchvara va somsa, tuxum barak, qatlamayu-patirlar, turli noz-neʼmatlar bayram tarovatini yanada ko'tardi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy