NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#Hashar

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida o'tkazilayotgan umumxalq xayriya xasharida #San‘atshunoslik fakulteti jamoasi ham faol qatnashdi.

Talaba-qizlar o‘z o‘quv xonalarini tozaligi bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa, yigitlar fakultet hovlisida belgilangan joyda tozalik ishlarini olib borishdi: daraxtlar osti yumshatildi, suv quyildi, yo‘laklar va archa ko'chatlari oxaklandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hashar

Erta tongdan #Tabiiy_fanlar fakulteti professor–o‘qituvchilari, ishchi xodimlari, fakultet tyutorlari, o'z tashabbusi bilan guruh talabalari a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hasharda ishtirok etdilar.

Fakultetga ajratilgan yer maydonlari begona o‘tlardan tozalanib, yumshatilib ekishga tayyorlandi, daraxtlar oqlanib, tevarak atrof tozalandi. Fakultet yer maydonida 20 dan ziyod archa va 60 dan ortiq mevali nihollar ekildi. Shuningdek, archa va yo’l yoqasidagi to’siqlar oqlandi. 1210 metr ariq va latoklar tozalandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hashar

#Jismoniy_madaniyat fakultetida ham umumxalq hashari munosabati bilan professor-o'qituvchilar, tyutorlar hamda "volontyor" talabalar tomonidan daraxtlar oqlandi, fakultet bino xonalari va institut hududi tozalandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hashar

Xayriya hashari munosabati bilan #Tibbiyot_fakultetida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Fakultet jamoasi tomonidan daraxtlar oxaklanib, oʻquv xonalari toza va ozoda holatga keltirildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hashar

#Rus_va_qozoq_filologiyasi, #Tarix hamda #Fizika_texnologiyalar fakultetlari ham bugungi hayriya hasharida faol qatnashdilar.

Fakultetlar professor-oʻqituvchilari, tyutorlari tomonidan oʻquv xonalarida va fakultetlar maydonida tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, archalar ekildi, maydonlar shox-shabbalardan tozalandi va daraxtlar oqlandi. Parta va stullar, deraza va eshiklar, doskalar artilib, chang-gʻuborlardan tozalandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy