NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#referendum_2023

⚡️NavDPIning Tibbiyot fakulteti tomonidan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida "Referendum va yoshlar" targ‘ibot tadbiri o'tkazildi

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va professor-o'qituvchilaridan iborat "Targ‘ibot poyezdi" aʼzolari, viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi xodimi, deputat Mahfuza Xamroyeva, Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktor o'rinbosari, NavDPI katta o'qituvchisi Dilshod Murtazayev va kafedra mudiri Vali Turakulovlar ishtirok etib, Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada taʼlim, sog'liqni saqlash va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida fikrlari tinglandi.

🚋Shuningdek, "Targ'ibot poyezdi" a'zolari — TDYU talabalari tomonidan interaktiv usulda mashg‘ulotlar olib borildi. Konstitutsiya kelajagimiz kafolati ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#referendum_2023 #befarqemasman

⚡️Tibbiyot fakulteti tomonidan o'tkazilgan "Referendum va yoshlar" targ‘ibot tadbiridan #reportaj

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#referendum #befarqemasman

🎞Tarix fakultetida o'tkazilgan “Referendum va yoshlar” uchrashuvi "Diyor 24" axborot dasturi orqali efirga uzatildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
“Momolarim kiygan liboslar” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi

2023-yil 4-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”da, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi Nasiba Tursunova, O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari, professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Unda fakultetning 1- va 2- bosqich talabalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Fakultet pedagoglari esa milliy liboslar, momolarimiz odatlari haqida fikrlar bildirishdi.

https://t.me/navdpi_xotinqizlari
An'anaviy STEM tanlovi

🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qaroriga muvofiq, har bir viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “STEM” fizika klublarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Shunga binoan, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Navoiy viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabida "STEM" klubi o’z faoliyatini boshladi. Klub rahbari etib Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Gulhayo Sayfullayeva tayinlandi.

Bugungi kunda ushbu klub "Kichik tadqiqotchiman" an'anaviy tanlovini o’tkazib kelmoqda. Bugun tanlovning 3-bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Navoiy viloyati Yoshlar ishlari agentligi, Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda jami 70 nafar ishtirokchi qatnashib, yakunda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan kitob va diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.