NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzuida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Navoiy viloyati prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, Siyosiy partiyalar masʼul xodimlari taklif qilindi hamda institut rahbariyati, fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

✅Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov ochib berdi va institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtaldi. Tadbirda soʻz olganlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda prokuratura organlarining faoliyati, Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati, komplayens-nazorat tizimining samarali usullari hamda institutda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samarasi boʻyicha maʼruzalar qilindi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Kecha xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutiga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Injayim Seytnazarova hamda Oʻzbekiston davlat Sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali Xotin-qizlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi Oralxon Kdirniyazova boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ular talaba-qizlar turar joylari faoliyatini o‘rganish, ular uchun yaratilgan qulay maishiy-madaniy sharoitlar, tashkiliy- xo‘jalik, huquqiy hamda ijara va yaqin qarindoshlarinikida yashovchi talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rganishdi. O'rganish davomida mehmonlar 2-sonli talabalar turar joyida "Momomdan qolgan milliy liboslar" nomli tadbirda ishtirok etdilar. Shuningdek, ARM faoliyati, 1 va 3-sonli talabalar turar joylari hamda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o'rganishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

🎤Fariza Amanbayeva, Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabasi:

➖Soʻnggi olti yilda oliy taʼlimda grantlar soni 2 baravarga koʻpaytirildi, magistratura uchun esa 5 barobarga oshirildi. Asosiy Qonunda fuqarolarning bepul umumiy kasbiy taʼlim olishi ham nazarda tutilgan. Shunday ekan, biz bunga befarq emasmiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/korrupciyaga-qarshi-kurashish-eng-muhim-masala_471306