NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Kecha xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutiga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Injayim Seytnazarova hamda Oʻzbekiston davlat Sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali Xotin-qizlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi Oralxon Kdirniyazova boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ular talaba-qizlar turar joylari faoliyatini o‘rganish, ular uchun yaratilgan qulay maishiy-madaniy sharoitlar, tashkiliy- xo‘jalik, huquqiy hamda ijara va yaqin qarindoshlarinikida yashovchi talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rganishdi. O'rganish davomida mehmonlar 2-sonli talabalar turar joyida "Momomdan qolgan milliy liboslar" nomli tadbirda ishtirok etdilar. Shuningdek, ARM faoliyati, 1 va 3-sonli talabalar turar joylari hamda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o'rganishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

🎤Fariza Amanbayeva, Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabasi:

➖Soʻnggi olti yilda oliy taʼlimda grantlar soni 2 baravarga koʻpaytirildi, magistratura uchun esa 5 barobarga oshirildi. Asosiy Qonunda fuqarolarning bepul umumiy kasbiy taʼlim olishi ham nazarda tutilgan. Shunday ekan, biz bunga befarq emasmiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/korrupciyaga-qarshi-kurashish-eng-muhim-masala_471306
Joylarda Amir Temur tavalludiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda

Tarix fakulteti tyutorlari va talabalari Milliy Gvardiya xodimlari hamda kursantlariga A.Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur — buyuk sarkarda” nomli tadbir oʻtkazishdi. Tadbirda talabalar tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

➖➖➖

Axborot-resurs markazida, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavaluddining 687 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda NavDPI talabalari faol ishtirok etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#referendum_2023

🎥Tabiiy fanlar fakultetida bo'lib o'tgan “Yangi O'zbekistonning yangi konstitutsiyasi” targ‘ibot tadbiridan #videolavha

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
Bugun, 9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 687 yil toʻldi

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xoʻjailgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Adolat va ulugʻvorlik timsoli bo‘lgan sohibqiron tavalludining 687 yilligi yurtimizda, shu jumladan oliy taʼlim muassasalarida ham keng nishonlanmoqda.

U jahon tarixida nafaqat yengilmas sarkarda, balki har odimida yurt farovonligi, obodligi, taʼlim, fan va sanʼatning rivoji uchun qaygʻurgan bunyodkor shaxs sifatida ham gavdalanadi. Shu orqali jahon tarixida “Temuriylar davri renessansi”ga asos solgan.

Oʻzining yetuk va ulugʻ siymosi bilan bashar eliga tarixiy ibrat boʻlgan mohir sarkarda hayoti, uning bosib oʻtgan yoʻlini oʻrganish, bilish barchamiz uchun sharafdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

🎬Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti talabalari 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda ishtirok etishlarini chellenj orqali ifoda etishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Amir Temur faxrimiz, gʻururimiz

Navoiy shahridagi 20022-sonli harbiy qismda Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakulteti tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

Unda fakultet talabalari tomonidan vatanparvarlik hissi joʻsh oʻradigan kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Talabalar harbiy qismda joylashgan Amir Temur xonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu xonada Amir Temur hayoti, harbiy yurishlari va markazlashgan davlat tashkil etilishi haqida davra suhbati ham boʻlib oʻtdi. Shuningdek, talabalar mashgʻulot xonasida harbiy taktik mashgʻulotlar va oʻq otish boʻyicha jihozlar bilan tanishib, oʻq otish mashgʻulotlarida qatnashdilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

🎤Feruza Saidmurodova, Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabasi:

➖ Yangi Konstitutsiyamizning 78-moddasida shunday deyiladi: “Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, ularning jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir. Otalik, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi. 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda oʻz kelajagim uchun, Yangi Oʻzbekistonim uchun va albatta, Yangi Konstitutsiyam uchun ovoz beraman".

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
DIQQAT, DIQQAT!

🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙
Barchangizni Respublika miqyosida tashkil etiladigan “Eng yaxshi notiq talaba” tanlovida ishtirok etishga chorlaymiz.
🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙🎙

Fakultet bosqichi Aprel oyining uchinchi o'n kunligida, institut bosqichi esa may oyining birinchi o'n kunligida bo'lib o'tadi.

Institut bosqichi g'oliblari institutning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆

Ushbu tanlov bo'yicha ma'lumotlar bilan tanishib borish, shuningdek notiqlikka qiziqadigan barcha talaba-yoshlarni ushbu kanalga a'zo bo'lishlarini so'raymiz.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/ritorika_sirlari