NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Sabina Fayzullayeva, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi:

➖Mamlakatimizda boʻlayotgan siyosiy oʻzgarishlarga befarq boʻlmagan holda, referendumda ishtirok etmoqchiman. Mamlakatimizning yangi Konstitutsiyasida yoshlarga oid alohida bob kiritilganligi bizlarga berilayotgan imkoniyatdir, yoshlarning manfaatlari ustun qoʻyilayotganidan dalolatdir. Bu jarayonlarda men befarq boʻlmayman va tengqurlarimni ham befarq boʻlmaslikka chaqiraman!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Tyutorlarga minnatdorlik xati

Navoiy viloyati Navoiy shahri Ibn Sino koʻchasida yashovchi fuqaro G.Axmedova tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlarning fidoyiligi, jonkuyarligi, talabalarning har jabhada faol hamda intellektual boʻlib borishlarida qoʻshayotgan hissalari uchun Tashakkurnoma bildirildi.

Fuqaroning Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovga yoʻllagan tashakkurnoma xatida shunday deyiladi: “Sizlarga va shunday farzandlarni tarbiyalab, oʻqitayotgan ota-onalarga hamda fidoyi tyutorlarga alohida tashakkurlarimizni yetkazib qo'yish uchun ushbu maktubni yoʻllamoqdaman”.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
💰3 nafar talabaning shartnoma pullari to‘lab berildi

✨Ro‘zayi Ramazon oyida qilingan har bir xayrli ishning savobi ulug‘ bo‘lishi haqida muqaddas dinimiz manbalarida aytilgan.

Ayniqsa, ilm olayotgan talabalarning ta’limi uchun qilingan xayriya eng chiroyli amallardandir. Xuddi shunday, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida tahsil olayotgan 3 nafar talabaning shartnoma to‘lovi uchun jami 9 363 059 so‘m pul mablag‘i bir saxovatli inson tomonidan to‘lab berildi.

Yoshlarning qiynalmasdan ta’lim olishlari, salohiyatli kadr bo‘lib yetishishlari uchun qilingan bunday savobli amallari qabul bo‘lsin!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
18 nafar talabamiz maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilindi

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talaba yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek "Besh muhim tashabbus" doirasida Navoiy viloyati "Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi" hamda shahrimizdagi "MONO MARKAZ"ga sayohat tashkil etilib, shu jarayonni o‘zidayoq 18 nafar talaba qizlar "Mashhura" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘quv amaliyoti o'tash va ishlash uchun qabul qilindi.

https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#референдум_2023

⚡️В программе «Новости 24» телеканала «Узбекистан 24» вышло интервью депутата областного совета, декана факультета русской и казахской филологии, доцента Дилором Шамсиевой о нормах обновлённой Конституции и предстоящем референдуме.

https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#befarqemasman

Referendum va magistr yoshlar

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura boʻlimi tomonidan “Referendum 2023: kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va magistr yoshlar” nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎙Tadbirda soʻzga chiqqan spikerlar tomonidan yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsip va normalari, yangi tahrirdagi moddalarning mazmun-mohiyati xususida maʼruza qilindi. Shuningdek, bir guruh magistrantlar ham yangi Konstitutsiyada yoshlar uchun alohida bob kiritilayotganini mamnuniyat bilan ifoda etib, tengdoshlarini 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda faol boʻlishga chaqirdilar.

🎞Tadbir davomida yurt obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

https://t.me/NavDPI_Rasmiy