NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#befarqemasman

Referendum va magistr yoshlar

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura boʻlimi tomonidan “Referendum 2023: kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va magistr yoshlar” nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎙Tadbirda soʻzga chiqqan spikerlar tomonidan yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsip va normalari, yangi tahrirdagi moddalarning mazmun-mohiyati xususida maʼruza qilindi. Shuningdek, bir guruh magistrantlar ham yangi Konstitutsiyada yoshlar uchun alohida bob kiritilayotganini mamnuniyat bilan ifoda etib, tengdoshlarini 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda faol boʻlishga chaqirdilar.

🎞Tadbir davomida yurt obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Navoiy davlat pedagogika institutida referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Joriy yilning 11-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida "Yoshlar yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 30-aprel mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan, o‘z istiqboliga befarq bo‘lmagan barcha talaba-yoshlar ushbu referendumda faol ishtirok etishadi. Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati B.Y.Jumaboyev,  Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati D.M.Shamsiyeva, Afg‘on urishi qatnashchisi Sh.Mamatov hamda tadbir mehmonlari o‘z nutqlarida yangilanayotgan konstitutsiyamiz va mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi. Sh.Ibragimov, X.Elamonov, T.Safarovlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi orqali tadbir qatnashchilariga hushkayfiyat ulashildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy