NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

⚡️Bugun Tarix fakultetida boʻlib oʻtgan tadbirda Navoiy viloyati “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi R.Hayitov, Navoiy viloyati Kengashi deputati H.Qarchigʻayevlar ishtirok etib, yangilanayotgan Konstitutsiya boʻyicha tushuntirish berdilar.

“Referendum va yoshlar” mavzuida oʻtkazilgan tadbir koʻtaringilik bilan, kuy-qoʻshiqlarga boy tarzda davom etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tarqatma materiallari (flayerlar) tarqatildi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Yangi O’zbekistonda yangi Konstitutsiya

⚡️Matematika-informatika fakultetida Konstitusiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda professor Shoira Nosirova so’zga chiqib, asosan ta'lim va ilm-fanga oid normalar, aholi salomatligini asrash, majburiy mehnat, yoshlarning ta'lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, inson huquq va erkinliklari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi va yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizning qabul qilinishi xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonun bo‘lishini ta'kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚽️Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari davom etayapti

O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari o'rtasida fakultet chempionati o'tkazildi.

O'yin beshta jamoa o'rtasida kechdi. Bular: "Jayhun", "Aral", "Filolog bojalar", "Qalqon" va "Filologlar".

🏅Musobaqa yakuniga ko'ra, "Aral" jamoasi I-o'rin, "Qalqon" jamoasi II-o'rin hamda "Filolog bojalar" III-o'rinni qo'lga kiritdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Professor_minbari

⚡️“Doʻstlik bayrogʻi” gazetasining 13-aprel, №15-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-astronomiya kafedrasi professori Ixtiyor Kamolovning “Bilimli yoshlar — kelajagimiz taraqqiyoti” maqolasi chop etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Kitobxonlik_haftaligi

📘Axborot resurs markazida “Kitobsevar millat” kitoblar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi "kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida "kitobxonlik haftaligi" doirasida "Kitobsevar millat" shiori ostida kitob koʻrgazmalari bo'lib o'tmoqda.

Mazkur kitob bayramidan ko‘zlangan maqsad — aholi, shu jumladan yosh avlodning bilim olishi, kitobxonlik madaniyatini, oilaviy kitobxonlik an’analarini targ‘ib qilish, yosh avlodni milliy adabiyotga, ona Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual baxslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar anʼana tusiga kirib, muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

🎞Matematika-informatika fakultetida futbol bo'yicha "Rektor kubogi" saralash o'yinlari yakunlandi. Jarayonlar Navoiy MTRKning "sport xabarlari" dasturi orqali efirga uzatildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#YANGILIK

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram messenjerida yangi sahifasi ishga tushirildi

📱 Telegram: OTFIVǀRASMIY

➡️ Yangi sahifa orqali oliy va professional taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalari hamda akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, uchrashuv va turli tadbirlar haqidagi xabarlar berib boriladi.

➡️Amaldagi @eduuz kanali esa, asosan vazirlik faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb yangiliklarni e'lon qiladi.

✅ Bizni, shuningdek, Facebook, Instagram, YouTube, Twitter ijtimoiy tarmoq va messenjerlarida ham kuzatib borishiningiz mumkin.

☝️ Unutmang, sohaga doir tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlar faqat bizning sahifalarda beriladi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yubiley

Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich — 60 yoshda!

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Sobirov Bahodir Boypo'latovich tavallud topgan.

Bahodir Sobirov 1963-yil 17-aprelda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tugʻilgan. 1985-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti)ni tamomlagan. 1985-yildan 1992-yilgacha Navoiy shahar 2-kasb-hunar bilim yurti ishlab chiqarish ustasi, oʻquv va tarbiyaviy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

👉Batafsil maʼlumot

NavDPI jamoasi nomidan ustozimizga uzoq-umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, oliygohimiz nufuzini yuksaltirishda kuch-quvvat tilaymiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
TA’ZIYA BILDIRAMIZ
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Qurbonov Xurshid Raupovichga buvilarining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiramiz.

🤲Yaratgan marhumaning borar manzil-makonini keng va yorug‘ aylasin. Ortlarida qolgan barcha yaqinlariga sabr ato qilsin!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy