NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Universiada_
#Street_Workout

⚡️Joriy yilning 16-aprel sanasida "Universiada-2022" sport musobaqalarining "STREET WORKOUT" turi bo'yicha Respublika final bosqichi Toshkent shahrida bo'lib o'tdi.

🏅Yakuniy natijalarga ko'ra, xotin-qizlardan iborat jamoamiz🥈2-o'rinni, umumjamoa hisobida esa NavDPI terma jamoasi🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Talabalarimizni tabriklaymiz!


👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo‘ladi: 21 aprel, juma — Hayit bayrami; 22 aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 23 aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni; 24 aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun ko‘chirilgan (29 aprel shanbadan) dam olish kuni bo‘ladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#befarqemasman

Referendum 2023: Kelajaging uchun ovoz ber

⚡️Rus va qozoq filologiyasi fakultetida navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni fakultet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari F. Aliyev ochib berdi.

✔️Tadbirda Tarix fakulteti oʻqituvchisi Zokir Togʻayev maʼruza qilib, Konstitutsiyaning huquqiy jihatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, institut psixologi D.Abduraimova talabalarga qiziqarli treninglar oʻtib berdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Zakovat

REKTOR KUBOGI UCHUN "ZAKOVAT" O'YINLARI NIHOYASIGA YETDI

🏅Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual bahslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, institut miqyosida "Zakovat" intellektual oʻyinlari tashkil etildi. Musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etib, final bosqichida quyidagi 3 jamoa gʻalaba qozondi:

🥇1-oʻrin — Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining "Iqro" jamoasi;
🥈2-oʻrin — Tabiiy fanlar fakultetining "Status" jamoasi;
🥉3-oʻrin — Ingliz tili va adabiyoti fakultetining "Saturn" jamoasi.

💰Birinchi oʻrinni olgan jamoa 6 mln soʻm, ikkinchi oʻrinni olgan jamoa 5 mln soʻm, uchinchi oʻrinni olgan jamoa esa 4 mln soʻm miqdorda moddiy ragʻbatlantirildi va diplomlar bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy