NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Zakovat

REKTOR KUBOGI UCHUN "ZAKOVAT" O'YINLARI NIHOYASIGA YETDI

🏅Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual bahslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, institut miqyosida "Zakovat" intellektual oʻyinlari tashkil etildi. Musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etib, final bosqichida quyidagi 3 jamoa gʻalaba qozondi:

🥇1-oʻrin — Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining "Iqro" jamoasi;
🥈2-oʻrin — Tabiiy fanlar fakultetining "Status" jamoasi;
🥉3-oʻrin — Ingliz tili va adabiyoti fakultetining "Saturn" jamoasi.

💰Birinchi oʻrinni olgan jamoa 6 mln soʻm, ikkinchi oʻrinni olgan jamoa 5 mln soʻm, uchinchi oʻrinni olgan jamoa esa 4 mln soʻm miqdorda moddiy ragʻbatlantirildi va diplomlar bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI YIGʻILISHI BO‘LIB OʻTDI

⚡️Kengash kun tartibiga koʻra, bakalavriat (kunduzgi, kechki) taʼlim yoʻnalishlari talabalarining 2022/2023 oʻquv yili kuzgi semestr yakuniy nazorat natijalari tahlili, bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini tasdiqlash, Magistratura mutaxassisliklariga 2023-yil qishki qabul jarayonida oʻqishga qabul qilingan magistrlarning dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash masalalari muhokama etilib, turli yo'nalishlar bo'yicha olib borilayotgan masalalar koʻrib chiqildi va muhim qarorlar qabul qilindi.

Kengashni institut rektori Bahodir Sobirov olib bordi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#seminar

NavDPI professor-oʻqituvchilariga malaka oshirish boʻyicha seminar tashkil etildi

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi direktori T.Shoymardonov tomonidan institut rahbariyati va professor-oʻqituvchilariga oʻquv-seminar oʻtkazildi.

✔️Seminarda malaka oshirish tizimidagi yangiliklar va amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, kelgusidagi ishlar rejalashtirildi.

➡️Seminar savol-javoblarga boy tarzda davom etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hayit_muborak

🔹Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovning Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
〰️〰️〰️

#Ramazon_hayiti_muborak

Hurmatli ustozlar, qadrli talabalar!

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi. Yuzingiz doimo yorug‘, yo‘lingiz ravon, ilm berish va ilm olishday sharafli ishlaringiz bardavom bo‘lsin!

Ramazon hayiti bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Hayirli_ishlar
#dayjest

🔹Ramazon hayiti munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti fakultet professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda talabalar hayirli tashabbuslarni amalga oshirishdi:

Keksalarga hurmat, ularning el-yurt uchun xizmatlarini ulug’lash hamda talabalar qalbida shukronalik hissini yanada oshirish maqsadida hamda Ramazon hayiti munosabat bilan Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekan o'rinbosari D. Soibov, tyutorlar va 1-bosqish talabalari birgalikda "G'alaba" MFY da istiqomat qiladigan bemor G.Timkovani holidan xabar olib, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qildilar.

〰️〰️〰️〰️〰️

Ingliz tili va adabiyoti fakultetining barcha tyutorlari imkoniyati cheklangan 16-sonli DMTTga tashrif buyurishdi. Bolajonlar bilan suhbatlashib, ularga sovg'alar ulashdilar!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy