NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#referendum

⚡️O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Referendum va yoshlar” nomli talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

Unda “Oqila ayollar” harakati Navoiy viloyati rahbari, deputat Anora Bobomurodova Konstitutsiyamizga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartishlar, yangi moddalarning ahamiyati borasida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan notiqlar: A. Hoshimov (NavDPI Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig’i), N. Tursunova (NavDPI rektorining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi) yangi Konstitutsiya bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o'tdilar. Tadbir diltortar musiqa sadolari ostida davom etdi.

Ta’kidlanganidek, Yangi Konstitutsiya loyihasi O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanib, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi sifatida belgilanayotir. Unda “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ilgari surilib, inson qadri har narsadan ustun ekanligi ta’kidlanmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
BUGUN OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUF TAVALLUD TOPGAN KUN!

🔰 Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan.

👉 1978-yili Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

🎖1998-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni berildi.

📚Ilk sheʼrlar toʻplami — “Tanish teraklar” (1985). Shuningdek, “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan”, “Yolgʻonchi yor” (1993), “Erka kiyik” (1995), “Osmonimga olib ketaman” (1998), “Ulugʻimsan, vatanim” (2004) kabi sheʼriy kitoblari nashr etilgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
✅ РЕЙТИНГ ҲИСОБОТЛАРИ УЧУН ТАВСИЯ ЭТИЛАДИ

✅ Ушбу РЕЙТИНГДА юқори балларга эга бўлиш учун ИЛМИЙ ФАОЛИЯТ кўрсаткичларини оширувчи қуйидаги нашр хизматлари таклиф этилади👇

✅ Маҳаллий ва хорижий конференцияларда тезис нашр қилиш;
(❗️талаблар билан ҳаммуаллифликда бўлгани мақул)

✅ Рейтингда юқори балл берадиган ОАК эътироф этган маҳаллий ва хорижий журналлардаги мақолалар нашр қилиш;

✅ ходимнинг нашрий фаоллиги. Илмий  профилдаги (google scholar, scopus, researchgate) иқтибослик ва h индекс ҳолати;

✅МАХАЛЛИЙ ВА ХОРИЖИЙ ЖУРНАЛЛАР ТАХРИР АЗОЛИГИ

✅ Scopus ва WOS да мақола  нашр этиш

✍️ таржима ва мақола ёзиш хизмати таклиф этилади

😍 Тезкор мақола ва тезис нашр этиш: 1-3 иш кунида

Мурожаат : @Nazarova_Kamuna
Канал: @ilmiyjurnallarrr
☎️ +998900870596
#Sport

⚽️Navoiy davlat pedagogika instituti talaba yigitlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasiga start berildi

🏟Bugun A guruhidan o'rin olgan o'yinda Fizika-texnologiyalar fakulteti San'atshunoslik fakultetini 2:1 hisobida, Rus va qozoq filologiyasi Ingliz tili va adabiyoti fakultetini 4:1 hisobida, Matematika-informatika fakulteti jamoasi O'zbek tili va adabiyoti fakultetini 4:1 hisobida va Jismoniy madaniyat fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetini 8:0 hisobida mag'lub etdi.

Guruh o'yinlari davom etadi

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#livE
#Rektor_kubogi

⚡️NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PROFESSOR-O'QITUVCHILARI VA ISHCHI XODIMLARI O'RTASIDA REKTOR KUBOGI UCHUN FUTBOL MUSOBAQALARIGA "START" BERILDI

Dastlabgi o'yinda O'zbek tili va adabiyoti fakulteti NavDPI Akademik litseyini 5:1 hisobida mag'lub etdi. Ayni paytda esa o'yin Matematika-informatika fakulteti va Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetlari o'rtasida bo'lib o'tmoqda. Hozircha hisob 3:1matematiklar foydasida...

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy