NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#referendum #o'zmaqsadlaringnibil

⚡️"Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki — Konstitutsiya o‘zimizniki" shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Fizika-texnologiya hamda Matematika-informatika fakultetlarida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Asosiy qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori ekanligi ta’kidlandi. Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar umumxalq Referendumida faol ishtirok etishlarini bildirishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#dayjest

🔰O'zbekiston Хalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi:

🔹O'zbek tili va adabiyoti fakultetida "Yurakka ko'milar asl shoirlar" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda fakultet professor-o'qituvchilari shoirning hayoti va ijodi haqida ilmiy mulohazalari bilan qatnashdilar. Ushbu tadbir talaba-yoshlarning shoir she'rlari asosidagi mushoira kechasiga ulanib ketdi.

🔸3-sonli TTJda “Qoʻshiq boʻlib qaytaman” nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Talabalar tomonidan badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

🔹Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida "Shoirni xotirlab..." nomli adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Iqtidorli talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she'rlar ifodali ijro etilib, shoir hayoti va ijodi haqida videolavha namoyish etildi.

🔸Matematika-informatika fakultetida shoir tavalludi munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
“Yangi loyiha koordinatori” bo'yicha yetakchi-qizlar saylandi

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova va Kengash aʼzolari, institut psixologi, fakultet tyutorlari hamda tashabbuskor talaba-qizlar ishtirokida “Yangi loyiha koordinatori” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbatda yetakchi-qizlar loyiha taqdimotlarini targʻib qildilar. Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Surayyo Usmonova “Yetakchi talaba-qizlar” sardori etib saylandi.

Tadbir davomida takliflar va mulohazalar tinglandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohi

🎞Maxsus reportaj | Oliy taʼlimda xalqaro hamkorlik: Navoiy davlat pedagogika institutiga Qozon federal universiteti vakillari tashrif buyurib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy