NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
30-APREL — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA REFERENDUM KUNI

🔹“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha oʻtkazilayotgan umumxalq referendumi soat 8-00 da davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Barcha referendum uchastkalarida boʻlgani kabi Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan 7, 24 -referendum uchastkalarida ham soat 8:00da davlatimiz madhiyasi yangrab, komissiya aʼzolari oʻzlarining vazifalariga kirishdi.

Shundan soʻng referendumda ovoz beruvchilar birin-ketin kelib, fuqarolik burchlarini ado etishdi. Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, ishchi xodimlari, professor-oʻqituvchi va talabalari ham ushbu muhim siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

Uchastkalarda ovoz berish davom etayapti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

Ichki ishlar vazirligi organlarida “Maʼnaviyat oyligi” oʻtkaziladi

Joriy yilning 1-maydan 1-iyunga qadar Ichki ishlar organlarida Maʼnaviyat oyligi o‘tkazilishi eʼlon qilinadi
———
Жорий йилнинг 1-майдан 1-июнга қадар Ички ишлар органларида Маънавият ойлиги ўтказилиши эълон қилинади

Батафсил маълумот 👆видеода

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🏅Talaba qizlar o‘rtasida spartakiada o‘yinlari o‘tkazildi

⛹️‍♀️Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi va institut Sport klubi hamkorligida talaba qizlar o‘rtasida "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Sport — sog‘lik garovi" shiori ostida "QUVNOQ STARTLAR" musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan musobaqani Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova va Jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Nurullayev ochib berishdi.

🥇Fakultetlar orasida 8 ta jamoa talaba qizlari o‘zaro bellashdi. Musobaqa 3 bosqichda o‘tkazilib, finalga Jismoniy madaniyat, Tarix, Matematika-informatika, Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim fakultetlari chiqishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Jismoniy madaniyat, 2-o‘rinni Tarix, 3-o‘rinni Matematika-informatika hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari qo‘lga kiritdilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
😍1