NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
30-APREL — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA REFERENDUM KUNI

🔹“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha oʻtkazilayotgan umumxalq referendumi soat 8-00 da davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Barcha referendum uchastkalarida boʻlgani kabi Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan 7, 24 -referendum uchastkalarida ham soat 8:00da davlatimiz madhiyasi yangrab, komissiya aʼzolari oʻzlarining vazifalariga kirishdi.

Shundan soʻng referendumda ovoz beruvchilar birin-ketin kelib, fuqarolik burchlarini ado etishdi. Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, ishchi xodimlari, professor-oʻqituvchi va talabalari ham ushbu muhim siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

Uchastkalarda ovoz berish davom etayapti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

Ichki ishlar vazirligi organlarida “Maʼnaviyat oyligi” oʻtkaziladi

Joriy yilning 1-maydan 1-iyunga qadar Ichki ishlar organlarida Maʼnaviyat oyligi o‘tkazilishi eʼlon qilinadi
———
Жорий йилнинг 1-майдан 1-июнга қадар Ички ишлар органларида Маънавият ойлиги ўтказилиши эълон қилинади

Батафсил маълумот 👆видеода

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🏅Talaba qizlar o‘rtasida spartakiada o‘yinlari o‘tkazildi

⛹️‍♀️Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi va institut Sport klubi hamkorligida talaba qizlar o‘rtasida "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Sport — sog‘lik garovi" shiori ostida "QUVNOQ STARTLAR" musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan musobaqani Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova va Jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Nurullayev ochib berishdi.

🥇Fakultetlar orasida 8 ta jamoa talaba qizlari o‘zaro bellashdi. Musobaqa 3 bosqichda o‘tkazilib, finalga Jismoniy madaniyat, Tarix, Matematika-informatika, Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim fakultetlari chiqishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Jismoniy madaniyat, 2-o‘rinni Tarix, 3-o‘rinni Matematika-informatika hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari qo‘lga kiritdilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
😍1
#QVZ_FINAL

Aziz talaba-yoshlar, hurmatli kulgu shinavandalari!

👑 Navoiy davlat pedagogika institutida "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi "Rektor kubogi" uchun o‘ynaladigan bellashuvining final bosqichiga ham yetib keldik!

📍"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi muxlislarini ertaga, 3-may kuni soat 14:00 da Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tadigan final o‘yiniga taklif etamiz.

💰Gʻolib jamoalar institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovgʻalar hamda ko‘chma "Rektor kubogi" bilan taqdirlanadi!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🌍 Xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko'rik tanlovining 6-turiga  qabuli boshlandi!📣📣📣

✅«Best Publication ilmiy tadqiqotlar markazi«
✅ «Scientific Academy»
✅«Ustozlar uchun ilmiy nashrlar markazi»
✅Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi;

tashkilotlar hamkorligida «O'Z KASBINING FIDOYISI» xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanloviga start berildi.
📌 Tanlov uchun kerakli hujjatlar:
✅ 3*4 rasm;
✅ Pasport nusxa;
✅ Anketa;
👨‍🎓Mualliflar tomonidan yuborilgan hujjatlar ilmiy kengash tomonidan  tekshirilib, ma'qul deb topilgan har bir ishtirokchilarga:
🎖Esdalik Ko‘krak nishoni;
🏅Esdalik Ko‘krak nishon belgisi;
📰 Maxsus Guvohnoma,
🎁Esdalik qimmatbaho sovg'alar (🛍Sumka,📒Bloknot,🖊Ruchka, ❗️qimmatbaho sovg'alar yuqori sifatli import mahsulot bo'lib chet eldan maxsus buyurtma orqali keladi)
📑Sertifikat, (elektron shaklda)
📃Tashakkurnoma, (elektron shaklda)
sovg'alar tantanali ravishda Toshkent shahrida taqdim etiladi! 👏 👏👏👏👏

📩Murojaat : @Nazarova_Kamuna
Kanal:@ilmiyjurnallarrr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤Tonggi tarona

🎼"Jurnalistlar"

🎬 Xonanda Kaniza ijrosida.

💐 3 MAY – JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI
#EʼLON

Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov va talaba-yoshlar uchrashuvi❗️

🔴Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi hamkorligida

🪕Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov ishtirokida joriy yilning 4-may kuni Navoiy davlat pedagogika instituti bosh binosida soat 15:30 da boʻlib oʻtadigan “Mahorat darsiga” taklif etamiz!

🔜Shuningdek, 5-may kuni soat 9:00da Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi konsert zalida ham mahorat darsining davomi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Diqqat #tanlov

💼Navoiy davlat pedagogika institutida lavozim muddati tamom boʻlgan hamda boʻsh lavozimlarni egallashda tanlov eʼlon qilinadi


📝“Doʻstlik bayrogʻi” gazetasining 2023-yil 27-aprel, №17-soni

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy