NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
🏆Navoiy davlat pedagogika institutida “Quvnoqlar va Zukkolar” 2023-yil mavsumi yakunlandi

🔰Institutda yoshlarning taʼlim olishi bilan bir qatorda turli xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, viktorinalar, tanlovlar muntazam ravishda o‘tkazilib turadi. Shu jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Teatr haftaligi" doirasida institutda tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan “Quvnoqlar va Zukkollar” (QvZ) oʻyinlarining final bosqichi yuqori harorat, oʻzgacha shukuh va xushkayfiyat ila tashkil etildi.

✔️Finalda Jismoniy madaniyat fakultetining “AziaStar” jamoasi, San’atshunoslik fakultetining “PedStar” jamoasi, Fizika-texnologiyalari fakultetining “Diamond” jamoasi, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoasi, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon” jamoasi, Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Respekt” jamoasi 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

🥇Yakuniy natijalarga koʻra final oʻyinida San’atshunoslik fakultetining “PedStar” jamoasi g‘alaba qozonib, "Rektor kubogi"ga ega bo'ldi. 🥈2-oʻrinni Fizika-texnologiyalari fakultetining “Diamond” jamoasi qo‘lga kiritgan boʻlsa,🥉3-oʻrin Jismoniy madaniyat fakultetining “AziaStar” jamoasiga nasib etdi.

💰1-oʻrinni egallagan jamoa 8 mln soʻm, 2-oʻrinni olgan jamoa 6 mln soʻm, 3-oʻrin sohiblari esa 4 mln. soʻm pul mukofoti, shu bilan birga, jamoalarning har bir qatnashchisi 30 ta kitobdan iborat badiiy adabiyot to‘plami, Yoshlar ishlari agentligining simsiz quloqchinlari, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#muloqot

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda institut faoliyati, undagi taʼlim jarayoni, ilmiy tadqiqot hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. B.Sobirov oʻzining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi Laziz Qayumov, viloyat Yoshlar ishlari agentligi direktori Umid Bahromovlar ham ishtirok etib, bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar haqida soʻz yuritdilar.

Shuningdek, oʻz bilimi, iqtidori bilan tengdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan, turli tanlov va tadbirlarda, sport sohasida ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotgan bir guruh talaba-yoshlarlarga tashakkurnoma, diplom va sovgʻalar topshirildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️Kecha xabar berganimizdek, ayni paytda Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov Navoiy davlat pedagogika institutida boʻlib, talabalarga mahorat darsi oʻtib bermoqda.

Adabiy-badiiy tadbirda institut rahbariyati, Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalar, Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#sport

⚽️Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari oʻrtasida “Rektor kubogi” uchun III-tur, guruh o‘yinlari davom etmoqda

Bugungi o‘yinni institut rektori Bahodir Sobirov tomosha qilib, jamoalarga omad tiladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy