NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

🔹O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir “Yoshlar-kelajagimiz poydevori!”, "Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, muammo va yechimlari”, “Kelajak kasblari va o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy ahamiyati”, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligi-davr talabi”, "Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich va asosiy bo‘g‘ini” mavzularida olib borildi.

Professor-o‘qituvchi va talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari namoyish qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#tadbir

⚡️NAVOIY VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI BILAN HAMKORLIKDA AYOLLAR VA YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

🔰Jamoatchilikni huquqiy axborot bilan ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini, xotin-qizlarni va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot va 15-may “Xalqaro oila kuni ” munosabati bilan Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Navoiy viloyat hududiy bo'limi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari, Navoiy davlat pedagogika instituti Tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Gulsanam Norova ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida ko'rgazma tashkil etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Maqola

“Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalarining 4-may, №18-soni nashr etildi

Gazetalarning bu galgi sonida Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti Muhayyo Istamovaning “Soʻz”da inson maʼnaviyati tasviri“ mavzusidagi maqolasi hamda ”Ilhom" mukofoti tanlovining institut bosqichi yakunlari boʻyicha xabar chop etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#ОАВ_нигоҳи

⚡️Навоий давлат педагогика институтида “Коррупциясиз соҳа” лойиҳаси доирасида амалга оширилаётган ишлар "Знамя дружбы" газетасининг №15-сонида хабар қилинди.

🗞
Унда институт Коррупцияга қарши курашиш ва “Комплаенс назорат” тизимини бошқариш бўлими бошлиғи Абдужаббор Холиқовнинг "Образование — сфера без коррупции" сарлавҳали мақоласи чоп этилди.

➡️Батафсил

➡️Подробно

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Ⓜ️unozara bellashuvlarida birinchi marotaba ishtirok etuvchilar uchun seminar tashkil etildi

🇺🇿Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash hamda iqtidorli talaba-yoshlarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan

✔️Institut bosqichida 12 ta jamoa roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, dastlabki oʻyinlar uchun qurʼa tashlandi. Ilk marotaba ishtirok etayotgan jamoalar uchun munozara boʻyicha trener Nodirbek Umarov tomonidan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz: Saralash oʻyinlariga 8-may kuni start beriladi. Barcha qiziquvchi talaba-yoshlarni dushanba kuni soat 8:00da institut bosh binosi 2-qavat kichik majlislar zaliga taklif etamiz! Institut bosqichida birinchi oʻrinni olgan jamoa viloyat bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy