NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Ⓜ️unozara bellashuvlarida birinchi marotaba ishtirok etuvchilar uchun seminar tashkil etildi

🇺🇿Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash hamda iqtidorli talaba-yoshlarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan

✔️Institut bosqichida 12 ta jamoa roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, dastlabki oʻyinlar uchun qurʼa tashlandi. Ilk marotaba ishtirok etayotgan jamoalar uchun munozara boʻyicha trener Nodirbek Umarov tomonidan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz: Saralash oʻyinlariga 8-may kuni start beriladi. Barcha qiziquvchi talaba-yoshlarni dushanba kuni soat 8:00da institut bosh binosi 2-qavat kichik majlislar zaliga taklif etamiz! Institut bosqichida birinchi oʻrinni olgan jamoa viloyat bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
“DIAMOND” JAMOASI MUNOSIB KUTIB OLINDI

🥈
“Rektor kubogi“ uchun “Quvnoqlar va zukkolar“ ko‘rik-tanlovining final bosqichida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni olgan Fizika-texnologiya fakultetining “DIAMOND” jamoasi fakultet talabalarining olqishlari ostida kutib olindi.

🎗Bellashuvlarda faol ishtirok etgan fakultet yoshlarining ota-onalariga NavDPI rektorining TASHAKKURNOMAlari topshirildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov har bir ishtirokchining yuqori tashabbuskorligini namoyon etishi, ta’lim olishga va turli tanlovlarga ijodiy yondoshuvini yanada oshirish, satirik lavhalar, hangomalar, xazil – mutoyibalar orqali yoshlar muammolarini olib chiqish, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun dahldorlik hissini o‘zida mujassam etgan, turli buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” ta’sirlariga qarshi tura oladigan barkamol avlod sifatida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#akademik_litsey

⚡️NavDPI Akademik litseyi oʻquvchilari talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar

Litsey oʻqituvchilari L.Mirzayev, Z.Gʻafurova, B.Karimov, litsey yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Madatjonov hamda litseyning ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishi oʻquvchilariga institutda yaratilgan shart-sharoitlar, tarix va huquq oʻqitish metodikasi va kompyuter xonalari tanishtirildi.

Institut tuzilmasidagi “Qatogʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga oʻquvchilar taklif etildi, muzey xodimlari tomonidan tarixiy, oʻlmas asarlar tanishtirildi. Qatagʻon qurbonlarining hayoti va ayanchli taqdiri haqida soʻzlab berildi.

Shuningdek, litseyning tarix fani oʻqituvchisi Lutfullo Mirzayev tomonidan “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Tadbir

🔰Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va Qoraqalpog'iston хalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavalludiga bag'ishlangan “Qaraqalpaq ádebiyatınıń qos bayteregi“ (Qoraqalpoq adabiyotining qo'sh boyteragi (azim chinorlari) nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

📝Har ikkala ijodkorning adabiy merosini o‘ziga xos jihatlari ilmiy tarzda professor-o‘qituvchilar: Xanimgul Narbayeva, Aziz Karasayev va iqtidorli talabalarning ma'ruzalari orqali taqdim qilindi.

Dastlab o‘qish va jamoat ishlaridagi faolligi va erishgan yutuqlari uchun fakultetning bir guruh talaba-yoshlari taqdirlandi.

🔗Batafsil ma'lumot: havolada

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2023

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun JAVOBLAR VARAQASI

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

➡️ Fanlar majmuasi @eduuzuniversalbot'da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube