NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Tadbir

🔰Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va Qoraqalpog'iston хalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavalludiga bag'ishlangan “Qaraqalpaq ádebiyatınıń qos bayteregi“ (Qoraqalpoq adabiyotining qo'sh boyteragi (azim chinorlari) nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

📝Har ikkala ijodkorning adabiy merosini o‘ziga xos jihatlari ilmiy tarzda professor-o‘qituvchilar: Xanimgul Narbayeva, Aziz Karasayev va iqtidorli talabalarning ma'ruzalari orqali taqdim qilindi.

Dastlab o‘qish va jamoat ishlaridagi faolligi va erishgan yutuqlari uchun fakultetning bir guruh talaba-yoshlari taqdirlandi.

🔗Batafsil ma'lumot: havolada

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2023

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun JAVOBLAR VARAQASI

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

➡️ Fanlar majmuasi @eduuzuniversalbot'da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot_xati

Hurmatli hamkasblar, professor - o'qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va talabalar!

Sizlarni “Birinchi Renessans: Abu Rayhon Beruniy va
tabiiy fanlar evolyutsiyasi“
mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz!

🗓Sana: 25.05.2023
⏰Vaqt: 10:00
📋Konferensiya: Offlayn va onlayn (ZOOM)

📥Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar o‘zlari tayyorlagan maqola matnini tahrir qilgan holda joriy yilning 20-may kuniga qadar yuborishlarini so‘raymiz.

📡Onlayn ishtirok etish uchun Zoom havolasi qatnashchilarga havola qilinadi.

Moderator:Fizika-texnologiya fakulteti
Fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti Dilnavoz Kamalova

🔍Manzil: Navoiy davlat pedagogika instituti, "Janubiy" ko‘chasi 1-a.

☎️(+91) 248-34-36 @DScKamalovaDI
☎️(+93) 522-34-36 @Kamalova_Dilnavoz
🌐e-mail: kamalova.di@mail.ru

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
San’at bilan uyg‘unlashgan umr

🇺🇿Oʻzbekiston xalq hofizi, О‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori Orolmirzo Safarov Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi.

✔️Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov ochib, institutda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilayotganini ma'lum qildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov adabiyot va san’atning shaxs kamolotidagi ahamiyati haqida so‘zlab, jonli ijrodagi qo‘shiqlarini taqdim etdi. Shuningdek, Orolmirzo Safarov taqlid san’ati namunalaridan ham ijro etdi.

Tadbir davomida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ijodkorning san’atdagi ijodiy faoliyati borasida savollar bilan murojaat etdilar. Yakunda esa ustoz san’atkorga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy