NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟩🟩

🏛Respublikamizning barcha Oliy ta’lim muassasalarida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#dayjest

✅9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlar:

🗣O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi tashabbusi bilan qator urush va mehnat fronti faxriylari, nuroniylar, xolidan xabar olindi.

🗣Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🗣Urganch davlat pedagogika institutida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi hamda talabalar “Xotira maydoni”ga tashrif buyurdilar.

🗣Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida “Xotira muqaddas – xotira sharaf” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🗣Andijon davlat universitetida “Sharaf lentasi” targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi va “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

🗣Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talaba-yoshlari Urganch shahridagi Motamsora ona yodgorligi majmuasiga bordilar.

🗣Toshkent davlat agrar universitetida “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Oltin meros fondi” o‘tkazilib, ushbu munosabat bilan sharaf lentalari taqildi.

🗣Navoiy davlat pedagogika institutida ”Barhayot xotiralar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

🗣Andijon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti a’zolari institut bo‘ylab sharaf lentalari tarqatishdi.

🗣Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali jamoasi muassasaga yaqin hududlarda yashovchi mehnat faxriylari va nuroniylar holidan xabar oldi.

🗣Qo‘qon davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan “Turon” madaniyat markazida bayram munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir tashkil etilib insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

🗣Buxoro davlat pedagogika institutida “Inson qadri – oliy qadriyat” darajasida nomli tadbir o‘tkazildi va hududda istiqomat qilayotgan faxriylar xonadonlarida bo‘lishdi.

🗣Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Xotira abadiy – qadr muqaddas” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🗣Farg‘ona politexnika instituti jamoasi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olishdi.

🗣Toshkent moliya institutida “Xotira muqaddas – inson qadri aziz” nomli tadbir tashkil etildi.

🗣Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi tanlov o‘tkazildi.

🗣Urganch davlat universitetida ham bayram munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🗣Toshkent davlat pedagogika universitetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Ⓜ️unozara bellashuvlari saralash o‘yinlari yakunlandi.

🇺🇿Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

✔️Saralash o‘yinlaridan so‘ng quyidagi 5 ta jamoa keying bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

1. Do‘ppi,
2. Edison,
3. Respekt,
4. Kreativ pedagoglar,
5.Iq'ro.

@NavDPI_YI
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
NavDPI talabalari munozara o‘yinlarida ishtirok etishmoqda.

Munozaralar zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida bahs olib borib, oʻzgalarning fikriga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishga, insonning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga, shuningdek,  notiqlik mahorati va dunyoqarashini kengaytirishga hissa qoʻshadi. Munozara davomida xar ikki jamoaning ishtirokchilari vazifalariga koʻra (tasdiqlovchi, inkor etuvchi) fikrni toʻliq ifoda etish, ularni isbotlar, misollar keltirish va oʻz raqiblariga savollar berish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bellashuv yakunida hakamlar munozalarni konstruktiv baxolashadi. Notiqning kuchli va zaif tomonlarini, jamoada ishlashini, muloqot davomida ishlatgan dalil va tegishli misollar keltirish qobiliyatiga umumiy baho berishadi.

@NavDPI_YI
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_qulaylik

⚡️ “HEMIS STUDENT” telegram boti rivojlanishda davom etmoqda

✅
@Hemisedu_bot telegram botida to‘lov shartnoma ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

🔄 kontrakt.edu.uz bo‘limi orqali shartnoma fayli va to‘lov ma’lumotlarini olishingiz mumkin.

🤖 @Hemisedu_bot - HEMIS STUDENT

Shuningdek, HEMIS axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar mavjud.

📥 Ilovani yuklab olish👇

📲 AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

📲 GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Bobur Bekmurodov
Адолат қарор топди, бироқ қонун устуворлиги тўлиқ ва тенг таъминланиши керак

Ижтимоий тармоқларда Қамаши туманидаги "Чим" деҳқон бозорида елкасига давлат байроғи рангидаги тасма тақиб олган йигит ИИБ ходимлари томонидан қўлга олингани ҳақида тарқалган хабарлар жамоатчиликнинг ҳақли эътирозларига сабаб бўлди.

5 май куни Қашқадарё вилояти ИИБ фуқаро Р.И. ушбу тасмани ечиб қўйиш бўйича профилактика инспекторларининг қонуний талабларига бўйсунмаганлигини, ҳолат юзасидан фуқарога МЖтКнинг тегишли моддалари билан ҳужжатлар расмийлаштирилганлигини ҳамда жиноят ишлари бўйича Қамаши туман судига юборилганлигини маълум қилди.

Кейинроқ эса маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисида иш қўзғатиш ҳақида қабул қилинган ноқонуний қарор Бош прокуратура аралашуви билан бекор қилинди, байроқ рангидаги тасма таққан йигитнинг ноқонуний жазоланиши бартараф этилди. Адолат қарор топди.

Бироқ фуқарога ноқонуний талаб қўйган, тегишли ҳужжатларни расмийлаштирган ва жавобгарликка тортиш учун судга юборган ИИБ ходимлари ҳамда ноқонуний қарор қабул қилган суднинг ҳаракатларига қандай баҳо берилганлиги масаласи мавҳумлигича қолмоқда.

Бошқача айтганда, адолат қарор топди, бироқ қонун устуворлиги тўлақонли таъминландими, деган савол очиқ қолмоқда.

8 май куни референдум натижаларига бағишланган учрашувда Президентимиз барча соҳаларда қонун устуворлиги таъминланиши, қонунлардаги ноаниқликлар инсон фойдасига ҳал бўлиши, ҳар қандай ҳолатда адолатни қарор топтириш шарт деган қараш мансабдорлар учун ҳаёт қоидасига айланиши кераклигини таъкидлади.

Шу муносабат билан, кенг жамоатчиликнинг ва "Юксалиш" ҳаракати аъзоларининг мурожаатларига асосланиб, тегишли идоралар масала юзасидан батафсил ахборот бериши мақсадга мувофиқ, деб ҳисоблаймиз.

@bbekmurodov
Gulsanam Norova 4-“B” guruhi talabalarini malakaviy amaliyot jarayoni bo‘yicha tahlil olib bordi

Tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulsanam Norova O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-“B” guruhi talabalarini malakaviy amaliyot jarayoni bo‘yicha tahlil olib bordi.

Talaba Lobar Turdiboyeva Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi 2-sonli akademik litseyida malakaviy amaliyotini o‘tamoqda. Amaliyot rahbari Gulsanam Norova litseyda amaliyotchilarga mas’ul bo‘lgan o‘qituvchilar bilan talabani ishlarini tahlil qilib, o‘rgangan metodlari va amaliy bilimlari bilan tanishdi. Shu bilan birga Navoiy shahar 8-umumiy o‘rta maktabida o‘z malakaviy amaliyotini o‘tayotgan Qo‘ziyeva Dilsorani ham dars o‘tish jarayoni va qo‘llayotgan metodlari o‘rganildi.

Amaliyot rahbari tomonidan talabalarga yanada zamonaviy metodlardan foydalanishlari va boshqa malakali o‘qituvchilarni darslarida qatnashib yangi dars o‘tish usullarini o‘rganib o‘z bilimlarini oshirishi lozimligi ta’kidlandi.