NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Muhim_sana

🔰Bugun o‘zbek xalqining atoqli farzandi, shoir, yozuvchi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, mohir tarjimon va jamoat arbobi Gʻafur Gʻulom tavalludiga 120 yil to‘ldi.

Sana munosabati bilan NavDPI faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida "Gʻafur Gʻulom abadiyati" nomli ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z sanʼatkorining hayoti va ijodi videoroliklar, maʼruzalar, sheʼriy chiqishlar va sahnaviy ko‘rinishlar orqali keng yoritildi.

"Biz bilgan va bilmagan Gʻafur Gʻulom", "Gʻ.Gʻulom — serqirra ijodkor", "Gʻafur Gʻulom ijodida mumtoz adabiyot anʼanalari", "Gʻafur Gʻulomning badiiy olami" mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari, shoir va publitsist Bahriddin Sadriddinov ishtirok etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#NavDPI

🚀“RAKETA MODELLARI“ SPORTI BOʻYICHA CHEMPION TALABALARIMIZ "MASTER KLASS" O‘TIB BERISHDI

9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Jasorat mangu barhayot” shiori ostida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil oluvchi "Raketa model" sport turi boʻyicha xalqaro musobaqalar va Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari boʻlgan Farrux Safoyev, Firdavs Gulmurodov, Ruslan Rahmatovlar tomonidan "Master klass" tashkil qilindi.

Unda chempion sportchilar tomonidan ushbu sport turi qoidalari, erishgan yutuqlari, yaqinda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari to‘gʻrisida maʼlumotlar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy