NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Akademik_mobillik

Taʼlim: xalqaro hamkorlik taʼlim sifatini oshiradi

Navoiy davlat pedagogika instituti va M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik memorandumi asosida oliygohlar oʻrtasida ilmiy akademik mobillik, ya’ni yetakchi professorlar maxsus kurslarining ilmiy maʼruzalarini tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kadrlar tayyorlash va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish kabi ishlar bajarilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutiga M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent Spanov Meyrxan Jantayevich boshchiligida bir guruh professor-oʻqituvchilar tashrif buyurdi. Dastlab institut tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati, qatagʻon davriga oid arxiv hujjatlar, eksponatlar hamda tarixiy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shu yerda qozoq va qoraqalpoq yoʻnalishi talabalari oʻzlarining milliy xalq qoʻshiqlari va raqslarini namoyish etib, xushkayfiyat baxsh etdilar.

Shundan soʻng mehmonlar bilan NavDPI birinchi prorektori hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mehmonlar talabalarga Markaziy Osiyo xalqlari maʼnaviy-falsafiy merosi nomli tanlov fani boʻyicha ilmiy maʼruzalar oʻqish hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasida 72 soatlik ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini oʻtash uchun tashrif buyurishgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Международное сотрудничество повышает качество образования

"В Навои прибыла группа профессоров-преподавателей крупнейшего многопрофильного университета Казахстана, представляющего собой две старейшие школы высшего технического и гуманитарного образования...", сообщает пресс-секретарь навоийского вуза Камол Холов.

https://yuz.uz/ru/news/mejdunarodnoe-sotrudnichestvo-povshaet-kachestvo-obrazovaniya-
#Sport

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti talaba yigitlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqalarining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

⚽️Matematika-informatika 1️⃣:1️⃣ Tarix (Penaltida 2:1)
⚽️Jismoniy madaniyat 6️⃣:1️⃣ Fizika-texnologiya

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
XALQARO ILMIY SEMINAR

⚡️Xalqaro ilmiy akademik hamkorlik doirasida M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa kafedrasi katta oʻqituvchisi Yesimova Anorkul Elmuratovna Navoiy davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi sifatida uch yil davomida Falsafa tarixi ixtisosligi boʻyicha “Markaziy Osiyo koʻchmanchilari sivilizatsiyasining falsafiy-maʼnaviy meʼrosi” mavzusidagi dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bordi (ilmiy rahbar f.f.d., prof. N.O.Safarova).

Bugungi xalqaro qoʻshma ilmiy seminarda ikki oliygoh mutaxassislari ishtirokida ushbu dissertatsiya muhokamasi oʻtkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
IMIY TADQIQOT MUHOKAMASI

⚡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali tadqiqotchisi Ibatova Amira Shavkatovnaning 10.00.01. — "O‘zbek tili" ixtisosligi bo‘yicha "O‘zbek tilida non va non mahsulotlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar" nomli dissertatsiyasi tinglandi va muhokama qilindi.

🏛Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy