NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Sport

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti talaba yigitlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqalarining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

⚽️Matematika-informatika 1️⃣:1️⃣ Tarix (Penaltida 2:1)
⚽️Jismoniy madaniyat 6️⃣:1️⃣ Fizika-texnologiya

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
XALQARO ILMIY SEMINAR

⚡️Xalqaro ilmiy akademik hamkorlik doirasida M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa kafedrasi katta oʻqituvchisi Yesimova Anorkul Elmuratovna Navoiy davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi sifatida uch yil davomida Falsafa tarixi ixtisosligi boʻyicha “Markaziy Osiyo koʻchmanchilari sivilizatsiyasining falsafiy-maʼnaviy meʼrosi” mavzusidagi dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bordi (ilmiy rahbar f.f.d., prof. N.O.Safarova).

Bugungi xalqaro qoʻshma ilmiy seminarda ikki oliygoh mutaxassislari ishtirokida ushbu dissertatsiya muhokamasi oʻtkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
IMIY TADQIQOT MUHOKAMASI

⚡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali tadqiqotchisi Ibatova Amira Shavkatovnaning 10.00.01. — "O‘zbek tili" ixtisosligi bo‘yicha "O‘zbek tilida non va non mahsulotlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar" nomli dissertatsiyasi tinglandi va muhokama qilindi.

🏛Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Xalqaro_ko‘rgazma

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari “World Edu-2023” xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda

11-12-may kunlari Samarqanddagi “Sof expo Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida “World Edu-2023” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ilhom Nasriddinov va bir guruh professor-o‘qituvchilar o‘zlarining loyiha va taqdimotlari bilan ishtirok etmoqdalar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy