NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NDU - Navoiy davlat universiteti
Photo
#festival

Navoiy davlat pedagogika institutida Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda talabalari “Xorijiy tillarni oʻqitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” fanidan oʻtkazilgan festivalda guruh talabalari jahon mamlakatlari, jumladan, Meksika, Xitoy, Tojikiston, Italiya, Ozarbayjon, Hindiston, Braziliya, Gretsiya, Saudia Arabistoni, Ispaniya, Misr va Chechenistonning urf-odatlari, madaniyati, milliy taomlari, kuy va qoʻshiqlarini aks ettirgan chiqishlar qildilar hamda 3 shart boʻyicha o‘zaro baholandilar.

Namoyish etilgan sahna ko'rinishlari hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi.

Mazkur festivalda institut rahbariyati ishtirok etib, talabalar tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdilar.

Festival OAV va institut Matbuot xizmati obyektivlarida muhrlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy