Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
NDU - Navoiy davlat universiteti
Photo
#festival
Navoiy davlat pedagogika institutida Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda talabalari “Xorijiy tillarni oʻqitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” fanidan oʻtkazilgan festivalda guruh talabalari jahon mamlakatlari, jumladan, Meksika, Xitoy, Tojikiston, Italiya, Ozarbayjon, Hindiston, Braziliya, Gretsiya, Saudia Arabistoni, Ispaniya, Misr va Chechenistonning urf-odatlari, madaniyati, milliy taomlari, kuy va qoʻshiqlarini aks ettirgan chiqishlar qildilar hamda 3 shart boʻyicha o‘zaro baholandilar.
Namoyish etilgan sahna ko'rinishlari hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi.
Mazkur festivalda institut rahbariyati ishtirok etib, talabalar tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdilar.
Festival OAV va institut Matbuot xizmati obyektivlarida muhrlandi.
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy

JAMOATCHILIK NAZORATI
🗓12-may sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Jamoatchilik kengashi a’zolari ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi Risola Muhammadiyevaning ochiq darsiga kirib, tahlil olib bordilar. Dars juda mazmunli, qiziqarli o‘tilganligi Kengash a’zolari tomonidan e’tirof etildi.
➖➖➖
🗓13-may sanasida Jamoatchilik kengashi raisi, dotsent B.Zaripov va a'zolari talabalar bilan uchrashib, institutning “SHARAF” kodeksi normalari, qo‘llanishi, vazifa va majburiyatlari, unga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Dars jarayonlarini kuzatish barcha fakultetlarda davom etadi.

#Xalqaro_anjuman
⚡️Joriy yilning 6-7-may kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy baxshichilik san’ati: oltin merosning yangi ohanglari” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi raisi Nasiba Tursunova va kengash a'zolari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Samarqandda “XXI asr ayoli“ Respublika Xotin-qizlar forumi boʻlib o‘tdi
🔰Mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, ularning insoniy huquqlari, shaʼni, qadr-qimmatini saqlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Shu maqsadda 12-13-may kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmli ayol - jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” Xotin-qizlar festivali oʻtkazildi. Unda OTM Xotin-qizlar Maslahat kengashi raislari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ham faol qatnashdi.
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🔰Mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, ularning insoniy huquqlari, shaʼni, qadr-qimmatini saqlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Shu maqsadda 12-13-may kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmli ayol - jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” Xotin-qizlar festivali oʻtkazildi. Unda OTM Xotin-qizlar Maslahat kengashi raislari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ham faol qatnashdi.
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
"Ⓜ️unozara" bellashuvining gʻoliblari aniqlandi
🇺🇿Avval xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutida "Munozara" o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlab fakultetlardan tashkil topgan 16 ta jamoa o‘zaro bilim sinashib, saralash va yarim final o‘yinlaridan so‘ng birin-ketin tanlovni tark etishdi.
🎯Finalga esa Tarix fakultetining "Edison" va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining "Iqro" jamoalari chiqib, mahoratlarini namoyon qildi. Shiddatli tarzda davom etgan bu bosqichda 🥇"Edison" jamoasi gʻalaba qozondi va keyingi, viloyat bosqichiga yo‘l oldi.
Finalda institut rektori Bahodir Sobirov hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonov ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladilar. Jamoalar moddiy ragʻbatlantirilishini maʼlum qildilar.
📚Bellashuv yakunida ishtirokchilar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.