NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xalqaro_anjuman

⚡️Joriy yilning 6-7-may kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy baxshichilik san’ati: oltin merosning yangi ohanglari” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi raisi Nasiba Tursunova va kengash a'zolari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Samarqandda “XXI asr ayoli“ Respublika Xotin-qizlar forumi boʻlib o‘tdi

🔰Mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, ularning insoniy huquqlari, shaʼni, qadr-qimmatini saqlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

Shu maqsadda 12-13-may kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmli ayol - jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” Xotin-qizlar festivali oʻtkazildi. Unda OTM Xotin-qizlar Maslahat kengashi raislari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ham faol qatnashdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
"Ⓜ️unozara" bellashuvining gʻoliblari aniqlandi

🇺🇿Avval xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutida "Munozara" o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlab fakultetlardan tashkil topgan 16 ta jamoa o‘zaro bilim sinashib, saralash va yarim final o‘yinlaridan so‘ng birin-ketin tanlovni tark etishdi.

🎯Finalga esa Tarix fakultetining "Edison" va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining "Iqro" jamoalari chiqib, mahoratlarini namoyon qildi. Shiddatli tarzda davom etgan bu bosqichda 🥇"Edison" jamoasi gʻalaba qozondi va keyingi, viloyat bosqichiga yo‘l oldi.

Finalda institut rektori Bahodir Sobirov hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonov ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladilar. Jamoalar moddiy ragʻbatlantirilishini maʼlum qildilar.

📚Bellashuv yakunida ishtirokchilar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Talabalar bahori“ festivali doirasida o‘tkazilgan “Xalqaro madaniyat“ tanlovidan #videoreportaj

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
DIQQAT❗️
#tarqating

🏪 Kecha, 13.05.23 kuni soat 16:00 oralig'ida Mambetaliyeva Xalida Turdibayevnaga tegishli pasport va plastik karta tushirib qoldirilgan.

📞  Agar topib olgan bo‘lsangiz,(90) 706 04 80 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

🌐  Telegram: @mambetalievaa