NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Rektor_va_yoshlar

NavDPI rеktori Bahodir Sobirov mahalladagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha uyma-uy muloqotlar o‘tkazdi

Xususan, Xatirchi tumani "Tamabahrin" mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi U.Xomidovaning qiziqishlari, kеlgusi maqsadlarini tinglash davomida uning oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish istagi beqiyos ekanligi maʼlum boʻldi. Institut rahbari unga nogironlik kvotasidan foydalangan holda oʻqishga kirish imkoniyati mavjud ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi va bilim olish yoʻlida kerakli adabiyotlardan erkin foydalana olishi uchun Axborot-rеsurs markaziga yoʻnaltirib, intilishlarini hamisha qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdеk, "Paxtakor" mahallasida yashovchi Sh.Shavkatov bilan suhbatlashildi. Uning NavDPIda oʻqishi hamda nogironligi boʻyicha davolanishi va dori-darmon uchun moddiy yordam zarurligi aniqlandi. Murojaat shu yеrning oʻzida ijroga yoʻnaltirilib, Sh.Shavkatovga institut tomonidan moddiy yordam ajratildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Sport

Navoiy davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

🇺🇿Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida turli xil tadbirlar, tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari kabi muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, sportning Mini-futbol turi bo‘yicha "Rektor kubogi" uchun tashkil qilingan musobaqada jamoalar har yili o‘zaro bellashadilar.

⚽️Joriy mavsumdagi turnirda professor-oʻqituvchi va ishchi-xodimlar, talaba yigitlar hamda talaba qizlar o‘z jamoalari uchun to‘p surishdi.

⚡️Kuni kecha institutda final oʻyini boʻlib oʻtdi. Salkam bir oy davom etgan final bosqichida Navoiy shahar IIB xodimlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar qo‘yildi, harbiy orkestr tomonidan madhiyamiz ijro etilib, jamoalarga ishtiyoq ulashildi.

🏪Yakuniy final o‘yinlari natijalari quyidagicha bo‘ldi va g‘olib jamoalar pul mablag‘lari bilan mukofotlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Sport Navoiy davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi 🇺🇿Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida turli xil tadbirlar, tanlovlar…
💰Yakuniy final o‘yinlari natijalari quyidagicha bo‘ldi va g‘olib jamoalar pul mablag‘lari bilan mukofotlandi.

Professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi musobaqalar:
🥇1-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (10 mln so‘m);
🥈2-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (7 mln so‘m);
🥉3-o‘rin — Rektorat jamoasi (5 mln so‘m), Rus va qozoq filologiyasi va Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari jamoasi (5 mln so‘m).

🏃🏻Talaba yigitlar o‘rtasidagi musobaqalar:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (5 mln so‘m),
🥈2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (4 mln so‘m);
🥉3-o‘rin — Tarix (3 mln so‘m) va Fizika-texnologiya fakultetlari (3 mln so‘m).

🏃🏻‍♀️Qizlar o‘rtasidagi musobaqalar:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (5 mln so‘m);
🥈2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (4 mln so‘m);
🥉3-o‘rin — Fizika-texnologiya (3 mln so‘m) va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari (3 mln so‘m).

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy