NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Sport Navoiy davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi 🇺🇿Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida turli xil tadbirlar, tanlovlar…
💰Yakuniy final o‘yinlari natijalari quyidagicha bo‘ldi va g‘olib jamoalar pul mablag‘lari bilan mukofotlandi.

Professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi musobaqalar:
🥇1-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (10 mln so‘m);
🥈2-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (7 mln so‘m);
🥉3-o‘rin — Rektorat jamoasi (5 mln so‘m), Rus va qozoq filologiyasi va Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari jamoasi (5 mln so‘m).

🏃🏻Talaba yigitlar o‘rtasidagi musobaqalar:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (5 mln so‘m),
🥈2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (4 mln so‘m);
🥉3-o‘rin — Tarix (3 mln so‘m) va Fizika-texnologiya fakultetlari (3 mln so‘m).

🏃🏻‍♀️Qizlar o‘rtasidagi musobaqalar:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (5 mln so‘m);
🥈2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (4 mln so‘m);
🥉3-o‘rin — Fizika-texnologiya (3 mln so‘m) va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari (3 mln so‘m).

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
🇺🇿UNIVERSIADA  - 2023 |

⚡️Yengil atletika sport turi bo‘yicha Farg'ona viloyatida “Universiada – 2023” o'yinlarining tantanali yakunlash marosimi bo'lib o'tdi.

🤝Marosimda Respublikamizning turli hududlaridan bellashuvlarda ishtirok etgan bir guruh g'olib yoshlar munosib rag'batlantirildi.

@NavDPI_YI
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
#TABRIKLAYMIZ

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Universiada-2023" musobaqalarining "Yengil atletika" sport turi bo‘yicha final bahslarida 800 metr masofaga yugurish bo‘yicha Navoiy davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi To‘xtayeva O‘g‘iloy barcha raqiblarini ortda qoldirib 2.21 vaqt bilan musobaqadagi o‘zining 2-oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun: To‘xtayeva O‘g‘iloy 4.54 vaqt bilan 1500 metrga yugurish musobaqasida ham mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib oltin medalga ega bo‘ldi.

@NavDPI_YI
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
#TABRIKLAYMIZ

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Universiada-2023" musobaqalarining "Yengil atletika" sport turi final bahslarida Navoiy davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi Nurullayev Azizbek yadro uloqtirish bo‘yicha 13,52 natija bilan 2-o‘rinni egalladi va kumush medalini qo‘lga kiritdi.

@NavDPI_YI
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
#TABRIKLAYMIZ

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Universiada-2023" musobaqalarining "Yengil atletika" sport turi final bahslarida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Abdirazoqov Azizjon, Abdullayev, Ilhom, Azzamov Sanjarbek, Po‘latov Dalerlar 400 metrga estafeta yugurish bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa bronza medallariga ega bo‘lishdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Barcha sportchilarimizni hamda trenerlar A.Hakimov va F.Zaripovalarni ushbu medallar bilan tabriklaymiz!

@NavDPI_YI