NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
⚡️ Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti dekani G.Shamsidinova, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Umarov hamda "Guliston" mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi
J. Sultonov hamkorligida


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 20-apreldagi Farmoniga muvofiq, mahalla yoshlariga “18-may Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat uyushtirildi va muzeyning tashkil qilinishi haqida ma'lumot berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlik
#18may #uzbekiston24

Navoiy davlat pedagogika instituti va M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik memorandumi asosida oliygohlar oʻrtasida ilmiy akademik mobillik, ya’ni yetakchi professorlar maxsus kurslarining ilmiy maʼruzalarini tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kadrlar tayyorlash va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish kabi ishlar bajarilmoqda.

➖➖➖
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🔊Sovrin jamg'armasi 1 mln $ bo‘lgan “President Tech Award” bo‘yicha seminar

📆Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga "Inkubatsiya va Akseleratsiya" markazi menejeri tomonidan “President Tech Award” mavzusida seminar uchrashuvi o'tkazildi.

Hukumat qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish to’g’risidagi qarori haqida talabalarga ma’lumotlar berildi. Tanlovda 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalishlar borligini aytib o’tishdi.

✅Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarining innovatsion startap g'oyalariga qanday yordam olishlari va ularni to'g'ri tadbiq etish yo'llarini bilib olishdi.

https://t.me/NavDPI_edu_uz
“ENG YAXSHI INNOVATSION LOYIHA” TANLOVIDA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARIMIZ VA TALABALARIMIZ EʼTIROF ETILDI

⚡️"15-may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda NavDPIning maʼrifatparvar ayollaridan professor Shoira Nosirova, dotsent Gulxayo Sayfullayeva hamda talabalarimiz — Nodira Sulaymonova, Tursuntosh Neʼmatova, Goʻzal Yuriyeva, Maftuna Xayrullayeva, Aminabonu Xasanovalar oʻz kolleksiyalari bilan faol qatnashib, tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

— — —
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
OLTIN MEROSNING YANGI OHANGLARI

⚡️Institut Xotin-qizlar kengashi raisi, folklorshunos N.Tursunova, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti xotin-qizlari, olima ayollari, tyutorlari boshchiligida «Qizlarjon» klubi aʼzolari ishtirokida «Milliy qadriyatlar amaliyotda» shiori ostida “Oltin merosning yangi ohanglari“ nomli televizion loyiha tashkil etildi.

Unda qadriyatlar talqinida mujassamlashgan folklorizmlar: qoʻshiqlar, yor-yorlar, laparlar, milliy raqslar, dono xalqning oʻgitlari, rivoyatlari oʻrin oliganligi bilan ahamiyatli. Barcha talaba-qizlar koʻtarinki kayfiyatda faol ishtirok etdilar.

🎬Tadbirda talabalar OAV oʻzlarining chiqishlarini namoyish etishdi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
21-may — Kutubxonachilar kuni

🏢Ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda institutning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ARM xodimlarini tabriklab, institutimiz rektorining tashakkurnomasini topshirdi.

💐Shu fursatdan foydalanib, NavDPI jamoasi Axborot-resurs markazi xodimlarini samimiy qutlaydi!

Bayram muborak boʻlsin, Aziz Kutubxonachilar!

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#ochiq_dars

🔰Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari Maktabgacha taʼlim, maktab menejmenti, matematika va biologiya yo‘nalishlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirokida “Amaliy rus tili” fanidan viktorina o‘tkazdilar.

✔️Bu tadbirlarda rus xalqining tili, madaniyati va boy adabiyoti to'laqonli ravishda sahnaviy ko'rinishlar, jozibali raqslar va xalq qo'shiqlari ijrosi orqali ifoda etildi.

Tadbirni tayyorlashda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti o'qituvchilari — Nigora Akramova, Orif Barnoyev, Xusan Nabiyev, Go‘zal Fefelova, Surayyo Olimova va kafedraning xizmatlari alohida e'tirof etildi.

Tadbir so'nggida faol talabalar munosib taqdirlandi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy