NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#ochiq_dars

🔰Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari Maktabgacha taʼlim, maktab menejmenti, matematika va biologiya yo‘nalishlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirokida “Amaliy rus tili” fanidan viktorina o‘tkazdilar.

✔️Bu tadbirlarda rus xalqining tili, madaniyati va boy adabiyoti to'laqonli ravishda sahnaviy ko'rinishlar, jozibali raqslar va xalq qo'shiqlari ijrosi orqali ifoda etildi.

Tadbirni tayyorlashda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti o'qituvchilari — Nigora Akramova, Orif Barnoyev, Xusan Nabiyev, Go‘zal Fefelova, Surayyo Olimova va kafedraning xizmatlari alohida e'tirof etildi.

Tadbir so'nggida faol talabalar munosib taqdirlandi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
“Biznes marafon” motivatsion trening

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-maydagi 3/15-4/1-2179-sonli xati asosida oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan Yagona tadbirlar kalendar rejasining 23-bandiga asosan, talaba-yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion treningi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda tadbirkorlar Shahzod Bahodirov va bir guruh ishbilarmonlar ishtirok etib, motivatsion treningning mazmunli hamda qiziqarli o‘tishini ta’minladilar. Tadbirda talaba-yoshlarga biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur bilimlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, biznes loyihalarni ishlab chiqish va boshqa masalalar xususida keng tushunchalar berildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️"Mirzo Ulug‘bek" vorislari tanlovining respublika bosqichiga start berildi

Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda respublikamizning turli xududlaridan kelgan 280 nafar iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda.

Mazkur tanlovda NavDPI talabalari faol ishtirok etayapti. Yakuniy bosqichda ham jamoamizga omad tilab qolamiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🏆 NavDPI “Rektor kubogi” g‘oliblari taqdirlandi!

🇺🇿Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida turli xil tadbirlar, tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari kabi tadbirlar doimiy tashkil qilib kelinmoqda. Jumladan, sportning Mini-futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” bellashuvi shular jumlasidandir.

⚽️ Joriy mavsumda ham professor-oʻqituvchi va ishchi-xodimlar, talaba yigitlar hamda talaba qizlar o‘rtasida turnir tashkil qilindi va g‘oliblar pul mukofotlari va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

🥇Professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi musobaqalarda 3-o‘rin egalari 5 million so‘m, 2-o‘rin 7 million so‘m va turnir g‘olibi Matematika-informatika fakulteti jamoasi 10 million so‘m bilan taqdirlandi. Talaba-yigitlar hamda talaba-qizlar o‘rtasidagi turnirlarning ikkalasida ham Jismoniy madaniyat fakulteti tengsiz deb topildi va jamoalarning har biri 5 milliondan pul mukofotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari ham mos ravishda 4 va 3 million so‘m miqdorida mukotor bilan taqdirlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ⓜ️unozara“ bellashuvining hududiy, viloyat bosqichida NavDPI talabalari g'alaba qozondi

Viloyat bosqichi Tarix fakultetining “Edison“ hamda NDKTUning "Konchilar" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Fikr va mulohazalarga boy bo‘lgan bellashuvda Navoiy davlat pedagogika institutining "Edison" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Munozarada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim boshliqlari Sh.Qahhorov, Sh.Rashidov, koordinator R.Rasulovlar hakamlik qilishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy